Gulnora Karimova Dubaydami?! Bosh prokuratura rasmiy bayonot berdi

Foto: Getty Images
Ayrim OAVda Gulnora Karimovaning O‘zbekiston qamog‘idan ozod etilib¸ Birlashgan Arab Amirliklariga yetib kelgani haqida xabarlar tarqaldi.
Aytilishicha, Gulnora Karimova xususiy samolëtda 2 oktabr mahalliy vaqt bilan soat 14:00da Dubayga kelib qo‘ngan va shundan so‘ng BAAdagi eng qimmat mehmonxonalardan birida o‘rnashgan.
Kun.uz ushbu ma'lumotga oydinlik kiritish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmati vakili Surayyo Rahmonova bilan bog‘landi.
Matbuot xizmati vakilining ma'lum qilishicha, Gulnora Karimova qonunda nazarda tutilgan tarzda O‘zbekistonda jazo o‘tamoqda.
«Sizga yana bir bor rasman bayonot beraman: Gulnora Karimova qonunda nazarda tutilgan tarzda O‘zbekistonda jazo o‘tamoqda», - dedi Bosh prokuratura matbuot xizmati vakili Surayyo Rahmonova Kun.uz muxbiriga.
Eslatib o‘tamiz, Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova 28 sentabr kuni Toshkentdan Londonga uchib ketgani xabar qilingandi.
Keyinchalik u Instagramʼdagi sahifasida hech qanday siyosiy masalalarda ishtirok etishni xohlamasligi haqida bildirdi.
«Biz o‘z hayotimiz bilan yashashni istaymiz, hech qanday siyosiy masalalarda ishtirok etishni va shu yillar davomida boshimizdan o‘tgan barcha dahshatli voqealarni eslashni xohlamaymiz”, - deya yozgan Imon Karimova.
2 oktabr kuni Bosh prokuratura Kun.uz’ga Imon Karimova O‘zbekistonni hech qanday to‘sqinliksiz tark etgani, Gulnora Karimova esa qonun bilan belgilangan tartibda jazo o‘tashni davom etayotgani haqida xabar berdi.
O‘tgan yilning yozida O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Gulnora Karimova ishining ba'zi jihatlarini ochiqlagan edi. Ma'lum bo‘lishicha, u 2015 yilning avgustida qator moliyaviy jinoyatlarda aybdor deb topilgan va 5 yilga shartli ravishda ozodlikdan mahrum etilgan.
«Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudining 2015 yil 21 avgustdagi hukmi bilan Karimova o‘zi ayblangan jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topildi va unga besh yilga ozodlikni cheklash tarzidagi jazo belgilangan», - deyilgandi Bosh prokuratura xabarida.
Tavsiya etamiz
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Sababi korrupsiya bilan bog‘liq» - sog‘liqni saqlash vaziri yaroqlilik muddati juda qisqa dori-darmonlar sotib olinayotgani haqida
O‘zbekiston | 02:22
-
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
-
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
-
Toshkent va Moskva migrantlarni tanlab olish jarayonini O‘zbekistonga ko‘chirish ustida ishlamoqda
O‘zbekiston | 23:11 / 18.04.2025
Mavzuga oid

12:03 / 03.04.2025
Belgiya hukumati «korrupsiya va pul yuvish» jinoyatlari doirasida musodara qilingan 108 mln dollarni O‘zbekistonga qaytarmoqchi

11:03 / 26.03.2025
Dubayda qiyin ahvolda qolgan ayollar O‘zbekistonga qaytarildi

11:18 / 25.02.2025
Dubayda 247 ming dollar qarz bo‘lib qolgan o‘zbekistonlikka yordam ko‘rsatildi

16:33 / 24.02.2025