25 iyul kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi raisi Musa Yerniyazovning ölimi töğrisida feyk xabarlar tarqaldi.

Şundan keyin ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpoğistondagi mahalliy saytlar xodimlari Qoraqalpoğiston Respublikasi prokuraturasi tomonidan tungi soat 01:00lar atrofida olib ketilgani aytildi.

Ma'lum qilinişiça, Makan.uz (Lalagul Kallixanova), KRuz.uz (Iskander Yusupov) va Kar24.uz (Kumar Begniyazova) vakillarining telefon va noutbuklari olib qöyilgan, bu xodimlar tungi soat 3:00 atrofida uylariga qaytişgan.

Yuqoridagi holat yuzasidan Qoraqalpoğiston Respublikasi prokuraturasi rasmiy ma'lumot berdi.

Unga köra, yolğon xabarni e'lon qilgan va uni qoraqalpoq tiliga tarjima qilib özining telegram kanallariga joylaştirgan sayt muharrirlari prokuraturaga çaqirilib, profilaktik suhbat ötkazilgan.

«Hozirda bu böyiça suriştiruv işlari olib borilmoqda», deyiladi xabarda.