“Bugungi mavzu 30 yildan beri keyinga surilib kelayotgan masalalar yeçimiga qaratilgan. Gap 35 million aholi hayotini yengil qiladigan, kayfiyatiga bevosita ta’sir körsatadigan – davlat xizmatini isloh qiliş hamda boşqaruvda natijadorlik va sifatni oşiriş haqida boryapti”, dedi davlat rahbari.
Ta’kidlanişiça, sohada 118 ming kişi mehnat qilmoqda. Sönggi yillarda davlat xizmatçilari xalqqa ança yaqinlaşdi, “mahallabay” va “xonadonbay” işlaş tizimi yölga qöyildi. Xodimlarga samarali işlaşlari uçun munosib şaroitlar yaratildi. Davlat xizmatida 40 yoşgaça bölgan xodimlar uluşi 61 foizga yetdi (ilgari 37 foiz bölgan).
“Lekin, hali davlat xizmati çinakam xalqni rozi qiladigan tizimga aylangani yöq”, dedi prezident.
Bildirilişiça, ötgan yili xalq qabulxonalariga vazirlik va hokimliklar xodimlari bilimsizligi va mas’uliyatsizligi haqida 25 mingta, muloqot madaniyati yetişmasligi bilan boğliq 7 mingta şikoyat kelib tuşgan.
Eng köp şikoyatlar Soğliqni saqlaş, Xalq ta’limi vazirliklari, Qaşqadaryo, Surxondaryo viloyatlari hokimliklari faoliyati bilan boğliq.












