Huquqni muhofaza qiluvçi idoralar tomonidan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirlarda Toşkent viloyati içki işlar organlarida faoliyat yurituvçi bir qança mansabdor şaxslar qölga olingan. Bu haqda Kun.uz manbasi ma’lum qildi.
Tegişli qarorga muvofiq, 2019 yil 20 iyundan boşlab Toşkent viloyati içki işlar organlari kuç va vositalarini boşqariş tizimi eksperiment tariqasida joriy etilgan, unga köra, içki işlar organlari kuç va vositalarini samaraliroq joylaştiriş maqsadida viloyat tuman (şahar)lari törtta mintaqaviy boşqariş hududlari böyiça taqsimlangan.
Aniqlanişiça, markazi Çirçiq şahri deb belgilangan birinçi mintaqaviy hudud rahbari Böstonliq tumanida profilaktika inspektorlariga ajratilgan xizmat uyini soxta hujjatlar orqali sotib yuborgan. Huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan ötkazilgan tintuv çoğida uning xizmat xonasidagi seyfdan 20 ming dollar naqd pul topilgan. Kun.uz manbasi birinçi mintaqaviy hudud rahbarining boşqa qilmişlari ham aniqlangani, ayni paytda uşbu mansabdor qamoqqa olinganini ma’lum qildi.
Yana bir manbaning ta’kidlaşiça, 13 iyun kuni Olmaliq şahar IIB rahbarining birinçi örinbosariga haydovçilik qilayotgan şaxs fuqarodan 300 dollar olayotganda uşlangan. Bu işga yana kimlar aralaşganiga tergov davomida oydinlik kiritilişi kutilmoqda.
Avvalroq Bökada tergovga jalb etilgan fuqaro qiynoqqa solinib fojiaviy halok bölgani ortidan jinoyat işi qözğatilib, voqeaga aloqador ikki nafar tezkor xodim hibsga olingan, qator rahbarlar egallab turgan lavozimidan ozod etilgandi.












