– Elektr energiyasi tizimi örgamçak töri şaklida birlaştirilgan. Şu tizimda avariya bölib keng tarqalişining eng yuqori quvvati aniqlanganmi? Qaysi miqdordagi yuqori kuçlaniş mana şunday yirik avariyalarga olib keladi?
– Aslida avariya kuçlaniş darajasiga köp ham boğliq emas. Mamlakat miqyosida juda katta avariya 500 megavattli tarmoqlarda nosozlik yoki yuqori kuçlaniş kelib çiqsagina kuzatilişi mumkin. Bu faqat Özbekistonda emas, butun dunyo tajribasini örganganimizda bunga amin bölganmiz.
Blekautlarning kelib çiqiş sabablari va olingan xulosalar çuqur tahlil qilinadi, şu jumladan, Özbekiston hamda qöşni davlatlarda bölib ötgan blekaut sabablarini ham boşqa mamlakatlarning ekspertlari tahlil qiladi. Ya’ni energetiklar orasida avariyalar sabablarini sir tutiş odati yöq. Hamma bir-biriga oçiq va mavjud muammolarni körsatib berişga harakat qiladiki, maqsad – bu muammolar qaytarilmasin.
– Töraqörğon IESda 2020 yil noyabrida yuz bergan avariyada-çi? Qanday quvvatda tizim işdan çiqdi?
– Töraqörğonda katta avariya kuzatilmadi. Oçiğini aytiş kerak. Ba’zan buğ-gaz qurilmalari qandaydir nuqsonlarni bartaraf etiş uçun kutilmaganda, ya’ni rejalaştirilmagan holda öçiriladi. Lekin biror marta ham Töraqörğonda rejadan taşqari elektr stansiyasini öçirganimiz tizimli avariyaga olib kelgani yöq.

– Risoladagidek releli himoya vositalari, kabelni himoya qiluvçi avtomat, harorat yuqori bölganda tizimni öçirib qöyadigan mexanizmlar bilan jihozlanganda transformatorlar yonib ketmasligi kerak. Lekin ularning yonib ketayotgani haqidagi xabarlarga tez-tez köz tuşmoqda. Balki ularni ta’mirlaş yoki xizmat körsatiş jarayonida kamçiliklarga yöl qöyilayotgandir. Balki ta’mirlaş jarayonida zarur ehtiyot qismlarning sifatsizlari işlatilayotgandir?
– Buni inkor etib bölmaydi. Köp holatlarda ekspluatatsiyadagi kamçiliklar tufayli yonğinlar kelib çiqadi. Aytganingizdek, himoya vaqtida işlamaydi. Yoki sun’iy ravişda öçirib qöyilgan böladi. Sababini tuşuntirib berişga harakat qilaman.











