Toşkent viloyatining ma'muriy markaziga aylantirilgan Nurafşon (sobiq Töytepa) şahriga hokim tayinlandi.

Viloyat hokimligidagi manbaning «Kun.uz»ga tasdiqlaşiça, Toşkent viloyat hokimining kapital quriliş va kommunikatsiyalar masalalari böyiça örinbosari Usmon Ismoiloviç Rahimov Nurafşon şahriga hokim etib tayinlangan.

Ötgan yilning avgustida ötkazilgan Oliy Majlis Senati ön birinçi yalpi majlisi birinçi iş kunida Töytepa şahrini Toşkent viloyatining ma'muriy markazi etib belgilaş töğrisidagi taklif ma'qullangan edi. Köp ötmay, Senat Töytepa şahrining nomini Nurafşonga özgartiriş haqidagi qarorni tasdiqladi.

Noyabr oyida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev qaroriga köra, Toşkent viloyati tarkibida Toşkent tumani hamda  Yangiyöl, Ohangaron va Nurafşon şahar hokimliklari taşkil etildi.

Şahar Özbekistondagi birinçi «aqlli» şahar böladi, unda ma'muriy binolar, zamonaviy va qulay turar joylar, biznes markazlar, mehmonxonalar, sport majmualari, yoşlar ijodiyot markazi, kutubxona, maktablar, köp tarmoqli şifoxona bunyod etiladi.

Istirohat boğlari, boğlar, maydonlar, piyodalar va velosipedçilar uçun xiyobonlar taşkil etiş közda tutilgan. Samarali jamoat transporti tizimini joriy etiş rejalaştirilgan.

Şahar markazi orqali sun'iy anhor oqib ötadi, uning yoqasi böylab yöl yotqizilib, kafe, dökon va boşqa obektlar oçiladi.

Toşkent va Nurafşonni tezyurar avtomobil yöli boğlaydi.