Bugun, 4 oktabr kuni, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida davlat taşkilotlari matbuot xizmatlari faoliyatiga bağişlangan majlis ötkazildi. Unda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov, rahbar örinbosari Saida Mirziyoyeva va axborot xizmatlari rahbarlari qatnaşdilar.

Tadbirda davlat organlarining matbuot xizmatlari faoliyatiga doir qator tanqidiy munosabatlar bildirildi. Agentlik rahbari bu yönalişda axborot siyosati töğri taşkil qilinmaganligi, bugungi media makon talablariga tezkorlik bilan reaksiya berilmayotganligini alohida ta'kidlab ötdi.
“Şu kungaça 25 ta taşkilotda axborot xizmatlari bölmagan. Axborot xizmati rahbarlari Prezident qarorida asosida işlaşi kerak. Sizning maqomingiz rahbar örinbosariga tenglaştirilgan. Şunday ekan, taşkilotingizda yöl qöyilgan kamçiliklarni rahbariyatga aytişingiz, hal qiliş yöllarini birgalikda qidirişingiz zarur. Bu yerga 78 ta axborot xizmatlari rahbarlari yiğilgan. Ularning har biri kuniga bitta xabar bersa ham media makon şunça axborot bilan töyinadi. Axborot uruşi ketayotgan paytda bu juda muhim va dolzarb masala.
Barça taşkilotlarda rahbarlar kun-u tun tinmay işlayapti. Lekin ularning işi siz tomoningizdan körsatib berilmayapti. Natijada, jamoatçilikda heç qaysi organ işlamayapti ekan, degan salbiy fikrlar uyğonyapti. Bu vaziyatga siz va biz aybdormiz”.
Allamjonovning ta'kidlaşiça, axborot xizmatlari bugungi axborot makonida yuz berayotgan voqea-hodisalarga operativ tarzda munosabat bildira oliş könikmasiga ega emas. Bunga sabab bu yönalişda kadrlar tanqisligi borligi aytildi.
Allamjonov qator vazirlik va taşkilot axborot xizmatlari har oyda tuzilma faoliyati haqida xalqqa axborot berişga xizmat qiluvçi press-konferensiyalar ötkazişi, yagona media reja işlab çiqiş zarurligini aytib ötdi.












