Vaksinalar tarixi. Ular dunyoga qanday naf bergan?
|14:54 / 01.01.202130 75213 min
Odamlar orasida, xususan, bizning jamiyatda vaksinalarga xavfsiraş, ta'bir joiz bölsa aytiş mumkinki, olaqaraş bor. Turli fitna nazariyalariga işonuvçilar, zamonaviy tibbiyot va farmakologiya imkoniyatlariga şubha bilan qarovçilar vaksinalar odamlarga foyda keltirişiga işonişdan tiyiladilar. Aslida-çi?
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
Koronavirus pandemiyasi yuqumli kasalliklar tarqalişining avj olişi naqadar xavfli va vayronkor bölişini yana bir bor esga olişga majbur qildi. Bunday holatlarda vaksinalar köpinça normal hayotga qaytiş uçun yagona çora böladi.
Koronavirus ommaviy vaksinatsiya bilan kuraşilayotgan yagona ğanim emas. Yuz millionlab insonlar dunyoni dahşatga solgan közga körinmas qotil dastidan omon qoliş baxtiga muyassar bölgan. Gap, albatta, sifatli tibbiy xizmatlar bor joyda yaşagan odamlar haqida ketyapti.
Odamlar hayotini najot sari yetaklagan zamonaviy fan yutuği bölmiş vaksinalar haqida.
Çeçak
Çeçakka qarşi emlaş bu sohadagi eng katta muvaffaqiyatdir. XX asrning özida bu kasallikdan halok bölganlar soni 300 millionni taşkil qiladi. Avvalgi davrlardagi qurbonlar soni hisoblanmagan. Çeçak bilan oğriganlarning 30 foizi tanalari yiringli yara bilan qoplanib, köp azob-uqubatlarda vafot etişgan. Qolganlar kör bölib qolişgan yoki bir umrga teridagi xunuk izlar bilan yaşab ötişga majbur bölişgan.
Foto: Reuters
Yuz yillar mobaynida odamlar çeçakdan davo istab qilmagan işlari qolmagan. Nihoyat vaksina bu bedavo dardga malham böla oldi.
Insonni sun'iy ravişda kasallikning yengil şakli bilan kasallantirib, immunitet hosil qiliş fikri, katta ehtimol bilan Xitoyda paydo bölgan. Manbalarga köra, 1000 yilça muqaddam odamlar çeçakka çalinganlarning yaralarini quritib, maydalangan kukunini burun orqali içga yutganlar yoki çeçak yiringiga botirilgan paxta bölagini quloqqa bosişgan.
Foto: Getty Images
Afrikada igna yordamida yiring şimdirilgan ipni teri ostiga kiritişgan. Britaniyada esa XVIII asrda aristokratligi va zakovati bilan tanilgan Meri Montegyu çeçakka qarşi emlaşni faol tarğib qilgan. Uning özi ham yoşligida çeçak bilan oğrigan va eri elçi bölib işlagan Turkiyada şunday amaliyotni körgandi.
Bu kabi usul baribir işonçli emasdi. Har öttizinçi emlangan odam çeçakning oğir şakliga çalinib vafot etavergan. Angliyalik fermerlar sigir çeçagi insonga yuqişi, lekin ölimga olib bormasligini sezib qoladilar. Bu holatni örgangan tabib Edvard Jyenner sigir çeçagi asosida ilk işonçli va xavfsiz vaksinani yaratadi.
Mavzuga oid
1796 yilning 14 mayida Jyenner öz vaksinasini bir fermerning öğlida sinab köradi. Bemor tuzalib ketib, qarilik yoşigaça yaşaydi. Jyenner esa 2 yildan söng maşhur «Sigir çeçagining ta'siri va uni örganiş sabablari» deb nomlangan risolasini naşr etadi. Kitobça olimning şaxsiy mablağlari hisobiga çop etiladi. Zero, Qirollik fan jamiyati Jyennerning usuliga işonçsizlik bilan qaragan edi.
Şubhalar arigaç, Britaniya qöşini va floti xizmatçilari majburiy tarzda çeçakka qarşi emlanadilar. Heç kimda nojöya ta'sirlar kuzatilmaydi.
Qariyb 100 yil ötib, atoqli olim Lui Paster Jyennerga hurmat yuzasidan, uning sun'iy immunitet hosil qiliş usuli şarafiga vaksinalarni fransuz tilidagi vache - «sigir» sözi bilan boşlaşni taklif qiladi.
Foto: Getty Images
Qaşşoq mamlakatlarda esa çeçak yana yuz-ellik yil davomida odamlarga qiron keltirdi. Çeçakning uzil-kesil yöq bölişi JSSTning 1967 yilda ötkazgan ommaviy emlaniş tadbiridan söng yuz berdi.
Ommaviy immunitet hosil bölişi uçun aholining 80 foizi emlansa kifoya. Milliardlab insonlarni emlaşning iloji yöq edi.
Foto: Getty Images
Nigeriyada esa alohida emlaş samarali bölib çiqdi: tezkor ravişda kasallik öçoğini aniqlab, qöşni odamlarni emlaş kerak edi. 12 million aholisi bor hududdagi 750 ming kişini emlab, çeçakka barham berildi. Ayni kunlarda çeçakning tirik viruslari jahonning faqat quyidagi joyida bor xolos: Rossiya va AQŞning yuqori darajada ihotalangan laboratoriyalarida.
Poliomiyelit
Bu kasallik çeçakka nisbatan ança kam odamning ölimiga sabab bölsa-da, ölmay qolganlar azoblarga giriftor böladi.
Poliomiyelit bilan asosan bolalar oğrişadi. Virus tanaga oğiz orqali kiradi va qonga ötadi. Söng asab tizimini şikastlab, bedavo falajlikka sabab böladi. Köpinça oyoqlar işlamay qoladi, lekin har öninçi bemor öpka muşaklari falajlangani bois nafas yetişmaslikdan vafot etadi.
Foto: Getty Images
Bunday bemorlarning yagona najotkori 1920-yillarda yasalgan «Temir öpkalar» deb atalgan öpkani sun'iy ventilyatsiya qiliş kameralari edi. Bu kabi metall qurilmalarda odamlar haftalab, ba'zan esa, hayotining söngiga qadar yotişgan.
Poliomiyelit çeçakdan farqli ölaroq, taşqi simptomlarga ega bölmagani bois, uning infeksion tabiati 1905 yilga kelibgina şvetsiyalik vraç Ivar Vikman tomonidan töliq tavsiflab berildi.
Öşa paytga borib, yirik şaharlardagi içimlik suvi sifatining yaxşilanişi poliomiyelit bilan kasallaniş holatlari sonini ham, unga qarşi immuniteti bor odamlarni ham kamaytirib yubordi. Kasallik öçoqlari yanada sezilarliroq bölib bordi.
Foto: Getty Images
Afkor ommada keyinçalik notöğri bölib çiqqan poliomiyelit asosan taraqqiy etgan davlatlarga xos kasallik degan tuşunça bor edi. 1952 yilda amerikalik vraç Jonas Salk poliomiyelit vaksinasini yaratdi. 1961 yilda esa uning hamkasbi Albert Seybin inʼeksiya emas, yutiş mumkin bölgan versiyasini taqdim qildi. AQŞ va Yevropada poliomiyelit bilan kasallaniş holatlari keskin kamaydi.
Poliomelitga qarşi emlaş davomida vaksinatsiya tarixidagi eng qöpol xatolardan biriga yöl qöyiladi. 1955 yilda AQŞning Cutter Laboratories kompaniyasi adaşib içida tirik poliomiyelit virusi bor 100 ming doza vaksinani savdoga çiqarib yuboradi. Oqibatda 10 nafar bola halok böladi, 160 bola bir umrga falaj bölib qoladi.
1988 yili JSST butun dunyo böylab poliomiyelitga barham beriş dasturini boşladi. 1994 yili AQŞ, 2000 yili Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya, 2002 yili Yevropa va 2014 yili esa Janubi-şarqiy Osiyo ota-onalarni dahşatga solgan kasallikdan xoli deb e'lon qilindi.
Foto: Reuters
Mutaxassislarning bahosiça, vaksina tufayli dunyoda bir yarim millionga yaqin inson tirik va 18 milliondan ortiq aholi yura oladi. Hozirda Afğoniston, Pokiston va Nigeriyada yiliga bir neça ön holat qayd etiladi.
Qizamiq
Qizamiq vaksinasi bir vaqtning özida ham muvaffaqiyat, ham muvaffaqiyatsizlikka misol böla oladi.
Dunyo ahlini öziga jalb qilgan Afrikada röy bergan Ebola epidemiyasi 20 ming nafar inson hayotiga zomin böldi. Qizamiq esa ötgan yilning özida jimgina 207 ming insonni asfalasofilinga ravona qildi. Vaholanki, unga qarşi vaksina 1963 yildan beri bor.
Foto: Getty Images
Favqulodda yuqumli bölgan bu virus yötalganda va aksa urganda sölak tomçilari yoki bevosita kontakt orqali yuqadi. Qizamiqda harorat baland kötariladi, toşmalar toşadi, oğir holatlarda esa bemor hayotiga xavf soladigan darajada iç ketişi va zotiljam kuzatiladi, şuningdek, miya qobiği yalliğlanadi.
Qizamiq vaksinasi ixtiro qilingunga qadar, bu kasallik yiliga örtaça 2,6 million kişining hayotiga zomin bölardi. Unga töliq barham berişning iloji bölmadi. Çunki qizamiqqa qarşi ommaviy immunitet paydo bölişi uçun 95 foiz odam emlanişi şart.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan «emlanişga qarşilar» tufayli AQŞ va Yevropada qizamiq bilan oğriş yana köpayib ketdi.
Antivaksinaçilarga britaniyalik vraç Endryu Uekfild 1998 yilda çop etilgan maqolasi bilan turtki berib yubordi. Maqola qizamiq, tepki va qizilçaga qarşi vaksina bolalarda autizmga sabab bölişi haqida edi. Ma'lumotlar keyinçalik rad etilgan bölsa-da, odamlar ongida yetarliça iz qoldirgandi. Ueykfild esa ilmiy noxolisligi uçun vraçlik litsenziyasidan mahrum qilindi.
Foto: Reuters
Rivojlangan davlatlarda qizamiqdan nisbatan kam odam ölayotgan bölsa, Afrikada vaziyat ança yomon. Ötgan yili Kongo demokratik respublikasida avjiga çiqqan qizamiq yetti mingdan ziyodroq inson hayotiga zomin böldi. Vafot etganlarning aksari bolalar edi.
Rivojlanayotgan davlatlarning asosiy muammosi miş-mişlar emas, balki vaksina yetişmovçiligi va ayniqsa, uzoq hududlarda tibbiy infrastrukturaning mavjud emasligi. JSST BMTga a'zo davlatlardan qizamiqqa qarşi vaksinatsiya uçun qöşimça 255 million dollar ajratişni söradi.
Bezgak
Olimlarning fikriça, odamlar qadim zamonlardan buyon bezgakka çalinişadi. Hozirgi kunda esa, insoniyatning yarmi bezgakka çaliniş xavfi bor, 400 ming kişi esa har yili bezgak tufayli vafot etadi. Ölimlarning qariyb yarmi Afrikaga töğri keladi.
Foto: Getty Images
Kasallikni bezgak plazmodiysi deb ataladigan bir hujayrali parazit bakteriya qözğatadi. Bakteriya bezgak çivini çaqqanda qon orqali inson tanasiga ötadi.
Bezgakka qarşi kuraşning eng asosiy usullari çivinlar köpayadigan botqoqliklarni quritiş, haşarotlarga qarşi setkalarni örnatiş va kasallikning erta bosqiçida davolovçi dorilardir. Biroq plazmodiy mavjud preparatlarga qarşi tura olişi haqida ma'lumotlar ham yöq emas.
32 yillik maşaqqatli mehnat va 700 million dollarlik xarajatlarga qaramay bezgakka qarşi immunitet şakllantiruvçi vaksina hali yaratilgani yöq.
Yagona tajriba namunasi Gana, Malavi va Keniyada ötkazilyapti va 2023 yilda nihoyasiga yetişi kerak. Hozirgaça qölga kiritilgan ma'lumotlarga köra, uşbu vaksinaning samaradorligi 40 foiz va tört yildan köp emas. Bu boşqa vaksinalarga soliştirilsa, ança past körsatkiç. Ustiga ustak bir yoki ikki emas, 4 marta emlaş talab etiladi.
Foto: Getty Images
XX asr vabosi deya nom olgan OITS kasalligi-çi? Nega unga hanuz vaksina yöq?
Javob, qançalar ajablanarli tuyulmasin, juda oddiy: inson immun tanqisligi virusi fanga ma'lum viruslar orasida xameleon jonzot. U mudom özgaradi, mutatsiyaga uçraydi va olimlarning VIÇ infeksiyasiga qarşi barça xatti-harakatlarini çippakka çiqaradi.
Inson immun tanqisligi virusi qanday?
Inson immun tanqisligi virusi uç ölçamli murakkab tuzilmali yuzaga ega. Uning yarmi şakarli qoplama, glyukoza bilan qoplangan. Aynan glyukoza bilan qoplangan yuza vaksina faoliyatini bloklaydi.
Agar VIÇning atvori boşqa viruslarniki kabi bölganida edi, mutaxassislarning işi ança yengillaşardi. Lekin inson immun tanqisligi virusi öz qobiğini muntazam, eng asosiysi, juda tez özgartiradi. Virusni mağlub etiş uçun immun tizimi uni tanişi lozim. Lekin mutatsiyaga tez uçraşi natijasida immun tizimi uni xavfli deb bilmaydi.
Inson immun tanqisligi virusi retroviruslar guruhiga mansub. Bu kabi viruslar öz DNK-genomlarini inson hujayrasida saqlay oliş qobiliyatiga ega. Olimlar uzoq yillardan beri retroviruslarga qarşi kuraşiş uçun ular qanday köpayişini aniqlaşga urinmoqdalar. Natija esa, hozirça yöq.
VIÇga qarşi işlab çiqilayotgan vaksinalar
2016 yil Janubiy Afrika Respublikasida işlab çiqilişi boşlangan HVTN 7026 nomli vaksina ommada katta umid uyğotgandi. Dastlabki tajribalarda 18-35 yoş orasidagi 5407 nafar VIÇ yuqtirgan bemor qatnaşdi. Vaksinatsiya jarayonida ikki vaksina baravar qilinadigan Prime Boost usuli qöllandi. Birinçi (Prime) vaksinada qatnaşçi bir zardobni olgan bölsa, ikkinçisida (Boost) mutlaqo boşqasini olgan. Bu bilan immun tizimining imkoniyati ikki barobarga ortişi kutilgandi, amalda bunday bölmadi.
RV144 vaksinasi HVTN 7026 uçun asos böldi. Bu kamtarona 31 foizlik natija körsatgan yagona zardob edi. Vaksina insonni bir neça oygina virusdan himoya qila olardi. Arzigulik natijalar bölmagaç, 2020 yilning fevralida loyiha töxtatildi.
VIÇ/OITS vaksinasini yaratişga navbatdagi uriniş MOSAICO loyihasi bölgandi. U ham ikki vaksinani barobar qöllaş usuliga asoslangan edi. MOSAICO vaksinasini maymunlarda sinab körişdi va natijalar ança umidli böldi. Bu vaksina yordamida VIÇ/OITS bilan kasallaniş 90 foizga kamaydi. 2019 yilning oxirlaridan buyon AQŞda MOSAICO sinovlari ötkazilib kelinyapti va unda 3800 kişi qatnaşyapti.
Uçinçi vaksina IMBOKODO deb ataladi. 2600 afrikalik IMBOKODO sinovlarida iştirok etmoqda. Vaksina samaradorligi hozirça 67 foizni taşkil qilyapti. IMBOKODO sinovlari 2022 yilning fevralida nihoyasiga yetişi közda tutilgan.
Olimlar biror vaksina 100 foizlik natija körsata olişiga işonişmayapti. Biroq 60-70 foizlik samaradorlik ham muvaffaqiyat hisoblangan bölardi. Ungaça esa VIÇ/OITSni antiretrovirus preparatlar bilan davolaş imkoni bor, xolos.