Içki işlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti tomonidan «Avto 60 oy» MÇJ mansabdor şaxslariga nisbatan olib borilgan tergov harakatlari yakuniga yetkazilib, jinoyat işi sudga yuborilgan.
Kun.uz olgan ma'lumotga köra, iş yuzasidan sud tergovi harakatlari jinoyat işlari böyiça Çilonzor tuman sudi tomonidan, sudya D.Valiyev raisligida olib borilmoqda.
Jamiyat mansabdor şaxslari soxta tadbirkorlik, pul mablağlarini noqonuniy jalb etiş, firibgarlik va boşqa jinoyatlarda ayblanmoqda.
Jabrlanuvçilar sonining köpligini inobatga olib, iş tafsilotlaridan xabardor qilib boriş maqsadida JIB Çilonzor tuman sudi tomonidan maxsus @jibChilonzorsudi telegram kanali taşkil qilingan. Jinoyat işining barça jabrlanuvçilaridan mazkur telegram kanaliga obuna bölişi söralmoqda.
Toşkent şahrida yaşovçi jabrlanuvçilardan 6 avgustdan boşlab, haftaning duşanba kunidan şanba kuniga qadar soat 10:00dan 17:00gaça tuman sudi binosiga kelişlari söralmoqda. Manzil: Toşkent şahar, Çilonzor tumani, Şarq tongi köçasi, 1a-uy. Möljal - Hlebuşkina nomidagi bolalar uyi.
Tergov materiallariga köra, «Avto 60 oy» MÇJ vakillari fuqarolarga UzAuto Motors avtomobillarini dastlabki tölov va foizlarsiz bölib tölaşga sotib olişni taklif qilib, 19,3 ming mijoz bilan şartnoma tuzib, ularning 54,3 mlrd söm miqdoridagi mablağlarini jalb qilgan. Yetkazilgan moddiy zararning 36,8 mlrd sömi tergov davomida qoplangan.












