«Sirdaryo viloyati hokimligi huzurida «Yagona buyurtmaçi xizmati» injiniring kompaniyasi bor. Ba’zida bor yoki yöqligi ham bilinmaydi. Katta-katta ijtimoiy obektlarni qurişda, ötkazilayotgan tenderlarda, quruvçilarni tanlab olişda juda katta xatolarga yöl qöyilgan. Ijtimoiy obektlar qurilişi keçikayotganligi va sifatsiz qurilayotganligida litsenziyasiz quruvçilar va mavsumiy işçilardan, boşqa kompaniyalarning texnikasidan foydalanilgani sabab bölgan», - dedi Ğofurjon Mirzayev öz murojaatida.
Şuningdek, viloyatning tuman va şaharlari hududidagi mahallalarning içki yöllari qurilişi talab darajasida emas. Umumta’lim maktablari va ijtimoiy obektlarga olib boradigan yöllar ta’mirlanmagan. «Obod mahalla» va «Obod qişloq» dasturiga kiritilgan hududlarga e’tibor qaratilgan, lekin boşqa mahallalarda köçalarga hattoki şağal tökilmagani qayd etildi.












