O‘zbekiston | 18:52 / 01.09.2020
11759
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda bu yil Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan mushakbozlik tashkil etilmaydi

Toshkent shahri va viloyatlar markazlarida bu yil bayram mushakbozligi bo‘lmaydi. Bu haqda Kun.uz’ga Mudofaa vazirligi vakillari ma'lum qildi.

O‘zbekiston Mustaqilligi kuni munosabati bilan har yili kechki soatlarda bayram mushakbozligi bo‘lib o‘tar edi. 2020 yilda koronavirus pandemiyasi sababli ushbu tadbir tashkillashtirilmaydi.

Pandemiya bilan bog‘liq vaziyat bu yil joylarda katta yig‘in va ommaviy sayillar o‘tkazishni, shuningdek, bog‘ va ko‘ngilochar maydonchalarda konsert dasturlari tashkil etishni, Toshkent shahri va viloyatlar markazlarida mushakbozliklarni cheklashni talab qilmoqda, deyilgandi Respublika Maxsus komissiyasining aholiga murojaatida

Ushbu ulug‘ sanani ko‘proq oila davrasida nishonlashni tashkil etish tavsiya qilinadi.

Mavzuga oid