“Bugun Özbekiston öz taraqqiyotining yangi bosqiçiga dadil qadam qöymoqda. Muhtaram Prezidentimiz Şavkat Miromonoviç Mirziyoyev boşçiligida Özbekistonning yangi, oçiq, demokratik va insonparvar qiyofasi yaratilmoqda. Jonajon xalqimizning ertaga emas, bugun baxtli yaşaşi uçun amalga oşirilayotgan mazkur islohotlarning ta'sirini har bir yurtdoşimiz özi va oilasi misolida körib, sezib turibdi.

Oyning ön beşi yoruğ, ön beşi qoronği bölganidek, hayot ham turli sinov va qiyinçiliklardan iborat. Buni butun yer yuzi aholisini jiddiy taşvişga solayotgan xavf – pandemiya misolida ham köriş mumkin.

Bizga ham, afsuski, bu sinov yetib keldi. Kutilmaganda hayot tarzimizni, odatlarimizni, bir maromda ketayotgan jarayonlarni özgartirişimizga, yangi talab va şartlar asosida yaşaşga örganişimizga töğri keldi. 

Beş oydan ortiq vaqt davomida davlatimiz rahbarining topşiriqlari va körsatmalariga muvofiq bu xatarni imkon qadar kam talafot bilan yengib ötiş uçun barça zarur çoralarni körib kelmoqdamiz”, - deyiladi murojaatda.

Qayd etilişiça, körilgan samarali çora-tadbirlar hamda tibbiyot xodimlarining fidokorona xizmatlari natijasida bugungi kunga kelib Özbekistonda koronavirus yuqtirgan jami 40 mingdan oşiq fuqarolarining qariyb 38 mingga yaqini yoki 93 foizi soğaydi, 2 ming 700 dan ziyod bemorni davolaş va oilasi bağriga qaytariş çoralari körilmoqda.

Vaziyat ayniqsa Toşkent şahrida ijobiy tomonga özgarmoqda. Yaqinda Rossiya, Germaniya va Xitoydan taklif etilgan şifokorlar hududlar örtasida taqsimlangani, xorijlik ekspertlar asosan oğir ahvoldagi kasallarni eng zamonaviy uslublar asosida, tizimli ravişda davolaşga jalb etilgani özining yaxşi samarasini berdi.

“Mazkur yönalişda amalga oşirayotgan şu va boşqa çora-tadbirlarimiz yaqin kunlarda özining ijobiy samarasini körsatişiga, barça yurtdoşlarimiz yanada jipslaşib, har tomonlama tartib-intizomni saqlagan holda, yuksak onglilik va mas'uliyat körsatib, mötabar keksalarimizning duoi fotihalari bilan bu sinovdan eson-omon ötişimizga, qattiq işonamiz.

Kasallik tarqalişining sur'atini pasaytiriş va jarayonni jilovlab turişda ommaviy tadbirlar va turli marosimlardan voz keçişning ahamiyati katta ekanini bugun yaxşi anglab yetdik. Xalqimiz salomatligi har narsadan ustun turişini, inson hayoti eng oliy qadriyat ekanini ham pandemiya davri bizga yana bir bor eslatdi, körsatdi.

Vujudga kelgan murakkab şaroitni hisobga olib, bu yilgi qator bayramlar va ommaviy tadbirlar ötkazişni vaqtinça töxtatganimizdan barçangiz xabardorsiz.