Özbekistonlik yoş arxitektor Taxmina Turdialiyeva özining “Yoşlar Saroyi” dizayn loyihasi bilan “TURKISTAN ARCHITECT AWARDS” xalqaro tanlovi ğolibi böldi. 

Mazkur loyiha asosidagi inşoot yaqin kelajakda Qozoğistonning Turkiston şahrida bunyod etilişi rejalaştirilgan. “Yoşlar saroyi” dizayn loyihasining quriliş hajmi 5000 kvadrat metrni taşkil etib, bino dizayni ham zamonaviy, ham milliy tusda loyihalaştirilgan. 

“TURKISTAN ARCHITECT AWARDS” xalqaro tanlov Qozoğiston hukumati tomonidan 2017 yil Turkiston şahri “Turkiy xalqlar madaniy markazi” deb e'lon qilinganligi munosabati bilan hamda şaharni obodonlaştiriş maqsadida e'lon qilingan. Tanlov 15 ta yönalişdan iborat bölib, yakuniy natija sifatida faqat 10 ta loyiha ğoliblikka munosib deb topildi. 

Taxmina Turdialiyeva Toşkent arxitektura-quriliş institutining iqtidorli talabasi sifatida 2012 yil “Özbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi” sovrindori, 2012 yil Respublika dizayn Olimpiadasi ğolibi bölgan. Şuningdek, şaxmat böyiça xalqaro toifadagi hakam unvoniga egadir. Şu bilan birga, Özbekistonda ötkazilgan şaxmat böyiça köplab nufuzli musobaqalar dizayn loyihalari muallifidir. U hozirda Xitoyning Şenjyen şahridagi “Cube Design Architects” arxitektura kompaniyasida arxitektor sifatida faoliyat yuritmoqda.