Prezident farmoni bilan, 6 kunlik iş haftasida işlaydigan xodimlar uçun 2023 yil 30 dekabr – şanba qöşimça dam oliş kuni deb belgilangan. Şu bois bu xodimlar yil yakunida 5 kunlik iş haftasida işlovçilar kabi dam olişadi.
1 yanvar esa, mehnat qonunçiligiga muvofiq, barça xodimlar uçun işlanmaydigan bayram kuni hisoblanadi.
Yangi 2024 yil avvalidagi iş va dam oliş kunlari özgarişi mumkin. Bu – “2024 yilda rasmiy sanalarni nişonlaş davrida qöşimça işlanmaydigan kunlarni belgilaş va dam oliş kunlarini köçiriş töğrisida”gi prezident farmoni qabul qilingaç ma’lum böladi.
Eslatib ötamiz, 2023 yildagi sanalar uçun bunday farmon ötgan yilning 23 dekabrida imzolangandi.












