Loyiha boşlanişi munosabati bilan Ğallaorol magistral gaz quvurlari boşqarmasida tadbir bölib ötdi. Unda "Öztransgaz" AJ rahbariyati va “China Datang Overseas Investment Co.,Ltd.” kompaniyasi raisi Jia Bingjun iştirok etdi. Xitoylik hamkorlar boşqarmaning elektr ta’minoti tizimi va mavjud imkoniyatlarni közdan keçirişdi. Loyihadan kutilayotgan natijalar va uni amalga oşiriş mexanizmlari haqida suhbatlaşildi. Şuningdek, hamkorlikdagi bitimning şartlari böyiça asosiy kelişuvlarni belgilovçi hujjat (Heads of Terms) imzolandi. 

Loyihani amalga oşiriş nima uçun kerak edi?

Gap şundaki, "Öztransgaz" AJ tasarrufidagi kompressor stansiyalarning ehtiyojlari uçun yiliga örtaça 633 mln kVt/soat elektr energiyasi sarflanadi. Şuning asosiy qismi, ya’ni 600 mln kVt/soat energiya iste’moli Gazli, Kogon, Zirabuloq, Ğallaorol va Yangiyerdagi eng yirik 5 ta kompressor stansiya hissasiga töğri keladi. Xitoylik hamkorlar tomonidan amalga oşiriladigan loyiha mazkur stansiyalarda gazni tejaş va atmosferaga zararli moddalar çiqarilişi hamda gaz haydaş agregatlarida yuzaga keladigan töxtalişlarning oldini olişga xizmat qiladi. Loyiha doirasida umumiy quvvati 110 MVt bölgan quyoş panellari örnatilişi rejalaştirilmoqda. Şuningdek, har birining quvvati 35 kVt bölgan jami 5 ta podstansiya va uzunligi 100 km havo elektr uzatiş tarmoği quriladi. Buning uçun joylarda 200 gektar atrofida yer ajratiladi.

Loyihani amalga oşiriş natijasida...

Dastlabki qiymati 150 mln dollar bölgan xorijiy investitsiya hisobiga "China Datang Oversiys Investment” kompaniyasi tomonidan amalga oşiriladigan loyiha töliq işga tuşgandan söng 50 ta doimiy işçi örni yaratiladi. Loyiha natijasida, 5 ta kompressor stansiyasi atrofida yiliga 192 mln kVt/soat yaşil energiya işlab çiqarilişiga, 55 mln kub metr tabiiy gaz tejalişiga va 198 ming tonna zararli modda atmosferaga çiqarilişining oldini olişga erişiladi. Kompressor stansiyalar yillik elektr energiya iste’molining 32 foizi quyoş fotoelektrik stansiyalar orqali işlab çiqarilgan energiyasi hisobiga qoplanadi. Quyoş fotoelektrik stansiyalarning kamida 25 foiziga akkumulyator batareyalarini örnatiş orqali, asosiy elektr tarmoqlarida uzilişlar röy bergan hollarda gaz haydaş agregatlarida yuzaga keladigan avariyaviy töxtalişlarning oldi olinadi. Loyihani amalga oşiriş natijasida 170 mlrd söm mablağ iqtisod qilinadi.