Özbekiston terma jamoalar markazining örtoqlik uçraşuvlarini taşkil qilişi bölimiga mas'ul xodimi Şerzod Egamberdiyev Özbekiston terma jamoasi körsatayotgan natija uçun murabbiylarga haykal qöyiş kerakligini ta'kidladi.
«Afsuski, biz Braziliya emasmiz. Boy Qatar yoki BAA ham emasmiz. Borimiz şu. Murabbiylarimizga körsatayotgan natijalari uçun haykal qöyiş kerak. Jamoani «öldirmasdan», qöllab-quvvatlaş kerak. Futbolçilar ham JÇga çiqişni istaydi», – deb yozgan Egamberdiyev feysbukdagi tortişuvlardan birida.

Eslatib ötamiz, Özbekiston terma jamoasi JÇ saralaş bosqiçi doirasidagi uçraşuvda Suriya terma jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib, JÇ yöllanmasi uçun imkoniyatlarini pasaytirib yuborgandi.












