Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA) prezidenti vazifasini bajaruvçi Ğofur Rahimov Around The Rings naşriga intervyu berdi.
ATR’ga bergan eksklyuziv intervyusida Ğofur Rahimov uyuşgan jinoyatçilik bilan aloqador ekani haqidagi gap-sözlarni rad etgan.
Umuman olganda, Rahimov Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA)ning xulosalariga qöşilmagan. Xalqaro olimpiya qömitasi (XOQ) esa uning iştirok etişini istaşmayotgani haqida aniq bildirdi.
«Kelasi oy AIBA a'zolari qurultoyimizda muhim tanlovni amalga oşirişmoqçi hamda ular asoslangan qarorni qabul qilişlari uçun barça haqiqatni bilişlari lozim. Haqiqat şundan iboratki, men heç qaçon transmilliy jinoiy taşkilotlarda iştirok etmaganman», - deya ta'kidlab ötdi u.
Eslatib ötamiz, joriy yilda Xalqaro olimpiya qömitasi Ğofur Rahimovga 2018 yilgi Ösmirlar olimpiya öyinlariga taşrif buyurişni taqiqlab qöydi.
«Meni AQŞ Moliya vazirligi sanksiyalar röyxatiga kiritiş böyiça qaror Özbekiston sobiq rasmiylarining diktatura rejimi tomonidan bosimi va repressiyalari oqibatida kelib çiqdi. Gulnora Karimova va uning atrofidagilar mening kompaniyalarim ularning loyihalarini moliyalaştirişi haqida söraşgan, ammo men rad etganman. Şunda ular menga bosim ötkaza boşlaşdi, biznesimni yöq qiliş maqsadida AQŞ Ğaznaçiligi departamentiga jinoiy guruhlar bilan aloqalar borasida yolğon ma'lumot taqdim etişdi. Öşa vaqtlarda Gulnora Karimova mamlakatda katta ta'sirga ega edi, şuning uçun 2010 yilda oilam bilan vatanimni öz xavfsizligim nuqtai nazaridan tark etişga majbur böldim», - dedi u.
Ğofur Rahimovning ta'kidlaşiça, öz nomi AQŞ Moliya vazirligi «qora röyxati»dan çiqarib taşlanişiga erişişga harakat qiladi.
«Bu juda murakkab jarayon, ammo mening advokatlarim katta muvaffaqiyatlarga erişdi va «xato» kelgusi uç-olti oy davomida tuzatiladi», - deya ta'kidlab ötdi u.
Darvoqe, Özbekiston hukumati bu jarayonda muhim örin tutadi. Joriy yilning 18 sentabr kuni respublika boş vaziri örinbosari Oçilboy Ramatov tomonidan imzolangan maktub AIBA ijroiya qömitasi va uning odob-axloq böyiça qömitasiga yuborildi.
«Agar yetakçi olimpiya xalqaro federatsiyalaridan biri bölgan AIBA’ga Özbekiston fuqarosi rahbarlik qilsa, bu mamlakatimiz uçun şaraf böladi. Agar noyabrda boks assotsiatsiyasining kongressida u prezident etib saylansa, unda Özbekiston hukumati Ğofur Rahimovni har tomonlama qöllab-quvvatlaydi. Şu bilan birga, Ğafur Rahimovning ötmişdagi jinoiy faoliyatiga oid barça iddaolar asossiz dalillarga ega va adolatsiz hisoblanadi», - deyiladi Özbekiston hukumatining maktubida.








