DTM mutaxassisi Ğayrat Yöldoşevning Kun.uz'ga aniqlik kiritişiça, mandat e’lon qilinişi 26-27 avgust sanalariga töğri kelişi kutilmoqda.
20 avgust kuni sönggi imtihonlar bölib ötadi.
Abituriyentlar test natijalarini imtihon topşirgan kunining ertasiga, öqişga kirgan-kirmaganini esa mandat e’lon qilinganidan keyin quyidagilar orqali bilişi mumkin:
- my.dtm.uz saytidagi şaxsiy kabinet;
- @e_dtm_mandatbot, @e_dtm_mandat1bot, @e_dtm_mandat2bot, @e_dtm_mandat3bot, @e_dtm_mandat4bot Telegram-botlari.
Yuqoridagi platformalarda javoblar varaqasi ham joylaştiriladi. Bu orqali abituriyentlar qaysi savollarga töğri, qaysilariga notöğri javob belgilaganini körişi mumkin.
Apellyatsiya arizalari 21 avgustdan 30 avgustgaça qabul qilinadi.











