Anomal issiq fonida Özbekistonda elektr energiyasi iste’moli 2022 yilning yoz hamda 2023 yilning iyun oyidagi rekord körsatkiçlarni yangiladi.

Energetika vazirligi xabariga köra, 2023 yil 26 iyulida respublika böyiça elektr energiyasi iste’moli 250,7 mln kVt⋅soatni taşkil etgan. 2022 yilning xuddi şu kunida jami 236,9 mln kVt⋅soat elektr energiyasi işlatilgan bölib, keçagi körsatkiç avvalgi yildagidan 5,8 foiz ortiq bölgan.

Bundan oldin 2023 yil 12 iyul kuni respublika böyiça jami iste’mol 247,5 mln kVt⋅soatni taşkil etib, rekord körsatkiç yangilangan edi.

Şu bilan birga, 26 iyul kuni elektr energiyasi iste’molining soatlik talabi qariyb 12 300 MVtni taşkil qilgan. Bu 2022 yilning şu kundagi holatiga nisbatan 1 500 MVt (+14,1 foiz)ga köpdir.

Ma’lumot uçun, 2022 yilda maksimal elektr energiyasi iste’moli 27 iyulda qayd etilgan bölib, bu körsatkiç 239 mln kVt⋅soatni, kunduzgi iste’mol quvvati 10 800 MVtni taşkil qilgan.

Energetika tizimidagi elektr stansiyalari tomonidan kunlik elektr energiyasi işlab çiqariş hajmi 243,9 mln kVt⋅soatni taşkil etdi. Bu – 2022 yilning şu kungi holatiga nisbatan 21,5 mln kVt⋅soat (9,6 foiz) köpdir, deyiladi xabarda.

Vazirlikning qayd etişiça, anomal issiq ob-havo elektr uzatiş tarmoqlarining ötkazuvçanlik qobiliyati 25 foizgaça pasayişiga olib keladi. Bu, birinçi navbatda, tarmoqlarning fizik xususiyatlariga boğliq bölib, bunday hollarda zarur çora sifatida tarmoqda majburiy çeklov kiritilmasa, yirik hajmdagi avariyalarga sabab bölişi mumkin.

“Iste’molçilardan tarmoqda keng kölamli nosozliklar yuzaga kelişining oldini oladigan, ança uzoq vaqt tuzatişni talab qiladigan holgaça yetib bormaslik uçun qisqa muddatga elektr energiyasini uzib turişga töğri keladigan bunday zaruriy çoralar bugun öta muhim ekanligini töğri tuşunişlarini va qöllab-quvvatlaşlarini söraymiz.

Qat’iy tejamkorlikka amal qilib, zarurat bölmagan hollarda elektr asboblaridan foydalanmaslik orqali ham barçamiz tizimda yuklamaning ortişini, avariyalar va uzilişlarning köplab sodir bölişining oldini olişga katta hissa qöşamiz”, – deyiladi Energetika vazirligi axborotida.

Eslatib ötamiz, 26 iyul kuni bir vaqtning özida Toşkentning 7 ta tumanidagi qator hududlarda elektr energiyasi uzilib qolgan edi. Bugun, 27 iyul kuni ta’mirlaş işlari munosabati bilan poytaxtning Olmazor (