Prezident Şavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga taşrifi çoğida Özbekiston Konstitutsiyasiga kiritilayotgan özgarişlar böyiça ötkaziladigan referendumga şoşilmaslik kerakligi, şuningdek «Taşabbusli budjet» loyihasi haqida gapirdi.
«Adolatli jamiyat böyiça mana konstitutsiyamizga özgartirişlarga, referendumga tayyorgarlik köryapmiz. Mana bitta misol: 1 avgustgaça konstitutsiyamizga özgartiriş kiritiş böyiça aholimizdan 150 mingta taklif kelib tuşdi. Tasavvur qilyapsizlarmi?! Odamlarimiz ertangi kuniga befarq emasligidan dalolat bu.
Muallimlar, olimlar, tadbirkorlar, faxriylar, nuroniylar va hokazo, hamma özining yönalişi böyiça taklif bergan, mamlakatda kim rahbariyat bölişidan qat’i nazar konstitutsiya va qonunlar meni himoya qilsin deyapti. Şuning uçun 1 avgustdan keyin ham muhokamalar davom etdi va yana ikki yarim mingta taklif kelib tuşdi.
Hozir takliflar ustida komissiya işlayapti. Endi ham bölsa mukammal, xalqçil, odamlarning dardiga kafolat böla oladigan konstitutsiyani yaratiş uçun, mening taklifim şuki, şoşilmaslik kerak», degan Şavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari sirdaryolik faollar qarşisidagi çiqişi davomida «Taşabbusli budjet» loyihasi haqidagi fikrlari bilan ham bölişgan, konstitutsiyaga özgartiriş kiritiş haqida taklif yuborgan jamoatçilik vakillarining har biriga asoslantirilgan javob yuborilişini ma’lum qilgan.
«Oçiq budjet böyiça odamlarimiz örganib oldimi? Adolat bölsa, jamiyatda özgariş bölyapti, töğrimi? Bu jarayonga heç kim aralaşmayapti-ku. Tasavvur qilinglar, har bir bergan pulimizni oçiq budjet bölib odamlarning özi tasdiqlasa qanday yaxşi bölardi. Ön karra köp adolat bölardi, ön beş karra pul qisqarardi.
Odamlarimiz bu mening konstitutsiyam deb qabul qilişi uçun kerak bölsa yana bir marta xalq bilan maslahatlaşamiz. Nimaga desangiz 150 mingta taklif yuborgan odamlarga bu taklif örinli yoki örinsiz, buni qabul qilamiz, bunisini esa qabul qilmaymiz, nimaga qabul qilamiz va nima uçun qabul qilmaymiz deb javob beriş kerak. Şunday zamon kelibdi, mening fikrimni ham eşitişibdi degan fikr böladi. Şu bois şoşilmaslik töğri böladi», deya ta’kidlagan Şavkat Mirziyoyev.













