Audioda Qaşqadaryo viloyati IIB YHXB boşliği A.Saatov viloyatdagi barça tuman va şahar YHXB boşliqlari, otryad hamda guruh komandirlariga 27 iyun soat 00:00 dan boşlab viloyatdan faqat yuk maşinalari, qişloq xöjaligi mahsulotlari ortilgan yengil maşinalar, davolanişga ketayotganlar çiqarilişi, qolgan birorta moşinani çiqarmaslik buyruğini bergan.

«Diqqat, diqqat! Tuman, şahar «naçalnik GAI»lari, otryad komandirlari va ularning örinbosarlari, guruh komandirlari! Ertadan boşlab soat 00:00 da Toşkent şahriga, har bitta viloyatlararo harakat taqiqlanadi. Faqat içkarida mumkin. Yuk maşinalari, oziq-ovqat, sabzavot, meva taşiyotgan transport vositalariga alohida yölak qilinadi. Bundan taşqari, bemor spravkasi borlarga ruxsat beriladi. Qolgan birorta moşina viloyatdan viloyatga çiqmaydi», deyiladi Saatovning ovozi ekani aytilayotgan audioda.

Kun.uz muxbiri mazkur audiyozuv yuzasidan izoh oliş uçun Qaşqadaryo viloyati IIB axborot xizmati rahbari Iroda Rasulova bilan boğlandi. Rasulova audiozuvdagi ovoz çindan viloyat IIB YHXB boşliği A.Saatovniki ekanini tasdiqladi. Uning aytişiça, hozir Saatovning buyruği yuzasidan viloyat IIB tomonidan örganiş işlari olib borilmoqda. Iroda Rasulova Saatovning buyruği fuqarolarni öylab berilganini aytdi.

«Saatovning buyruği yuzasidan viloyat IIB örganiş işlarini olib borayapti. Viloyatlardan borgan avtomaşinalar Toşkent şahriga kiritilmasligi maxsus komissiya qarorida belgilab qöyilgan. Şu uçun Saatov fuqarolar sarson bölmasin degan mazmunda gapirgan. Viloyat IIB YHXB xodimlari joylarda maxsus komissiya qarorida belgilangan tarzda xizmat vazifasini olib boradi. Undan çetga çiqilmaydi», dedi Iroda Rasulova.

IIB rasmiysining qöşimça qilişiça, kelajakda vaziyat yomonlaşguday bölsa ham, IIB hamda YHXB hodimlari maxsus komissiyaning keyingi qarorida belgilanadigan çeklovlar böyiça xizmat vazifasini olib boradi. Ya'ni, viloyat IIB hamda YHXB rahbarlari maxsus komissiyaning qarorida belgilanmagan çeklovlarni kiritiş vakolatiga ega emas.

Iroda Rasulova audiodagi «Yuk maşinalari, oziq-ovqat, sabzavot, meva taşiyotgan transport vositalariga alohida yölak qilinadi. Bundan taşqari, bemor spravkasi borlarga ruxsat. Qolgan birorta moşina viloyatdan viloyatga çiqmaydi» degan jumlalarga izoh berar ekan Qaşqadaryoda maxsus komissiya qarorida nazarda tutilmagan çeklovlarlar joriy etilmasligini ta'kidladi: «Saatov qaysidir jumlani notöğri aytib yuborgan bölişi mumkin. Ammo fuqarolarning manfaati uçun gapirgan. Maxsus komissiya qarorida körsatilgan çeklovlardan çetga çiqilmaydi», dedi viloyat IIB rasmiysi.

Ma'lumot uçun, maxsus komissiya qarorida faqat Toşkent şahriga yengil maşinalarda sababsiz kirib bölmasligi belgilangan. Boşqa viloyatlarga yengil maşinalarda çiqişiga çeklov belgilanmagan. Qizil hudud deb belgilanmagan viloyatlarda transport vositalari harakatiga heç qanday çeklov joriy etilmagan.