Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi Özbekistonda kambağallik darajasi böyiça statistikani (.pdf) e’lon qildi.
Unga köra, 2023 yilning dastlabki 6 oyi ma’lumotlari böyiça Qoraqalpoğiston Respublikasi kambağallik darajasi eng yuqori hudud ekani ma’lum böldi — 19,7 foiz. Undan keyingi örinlarni Sirdaryo (19,5) va Xorazm (19,1) viloyatlari egallab turibdi.

Kambağallik darajasi past bölgan hududlarga Toşkent şahri (8,5 foiz), Navoiy (9,2 foiz) va Buxoro (11,9 foiz) viloyatlari kiritilgan.
Qayd qilinişiça, Özbekistonda bugungi kunda 1,3 milliondan ortiq oila kambağal hisoblanadi, kambağallik darajasi 14,1 foizni taşkil qiladi.












