Ma'lumki yurtimizda hunarmandçilik qadimdan taraqqiy topgan, turli bejirim buyumlar yaratiş, kundalik hayotda asqatadigan jihozlar tayyorlaş, şu orqali öz mehnati bilan odamlarga naf keltiriş qadriyat darajasiga kötarilgan. Bugungi kunda Özbekistonda hunarmandlar tomonidan işlab çiqariladigan buyumlar va tovarlar (işlar, xizmatlar) yönalişlari 25tadan 34taga yetdi. Hozirda ular içki va taşqi bozor uçun mahsulotlar işlab çiqarişmoqda. Bu mahsulotlar özining sifati, badiiy jihatdan yuksakligi, tabiiyligi va milliy özligimiz, tarixiy an'analarimizni özida uyğunlaştirgani bilan ham ahamiyatlidir.
Jahon bilan hamnafas




Hozirgi kunda hunarmandçilik mahsulotlarini çetga eksport qiliş va hunarmandlar faoliyatini yanada rivojlantiriş maqsadida 2018 yilda dunyoning 20dan ortiq davlatida (Germaniya, Şveytsariya, Rossiya, Italiya, Angliya, Koreya, Malayziya, Ozarboyjon, Latviya, Finlyandiya, Hindiston, Fransiya, Gretsiya, Turkmaniston, Eron, AQŞ, Ukraina, Turkiya, Xitoy, Ispaniya) 113ta körgazma va yarmarka ötişi rejalaştirilgan.
PF-3393 - sonli Qarorning 5-bandida Öz.SSP, “Hunarmand” uyuşmasi hunarmandçilik mahsulotlarini uzoqdagi tuman (şahar)lardan sotib oliş va kelgusida yirik şaharlarda sotiş hamda eksport qiliş uçun “Hunarmand” uyuşmasi huzurida savdo-xarid korxonalari taşkil etiş vazifasi qöyilgan.
Uyuşma ta'sisçiligida “Sraft and art” MÇJ taşkil etilgan bölib, mazkur korxona kelgusida Respublikaning turistik obektlari, diqqatga sazovor joylari, hududlardagi hunarmandçilik markazlarida hamda bir qator bozorlarda “Art salon”lar ya'ni amaliy va tasviriy san'at asarlarining savdo xarid işlari bilan şuğullanuvçi dökonlar taşkil qilişni rejalaştirgan. Bundan taşqari korxona çet el vakolatxonalari, galereyalar va turistik firmalar bilan hamkorlikda iş olib boriş, çet ellarda öz filiallarini oçiş huquqiga xam egadir.



























