Çustdagi maktab muallimalari quriliş işlarida javlon urişmoqda. «Öz xohişi» bilan...
|20:20 / 16.07.201972 0398 min
Öqituvçilar doimo jamiyatning oldi qatorlarida barçaga örnak bölib kelişgan. Ular mening tasavvurimda huquqiy savodxonlik darajasi yuqori kişilar bölib, atrofdagilarga öz huquqini talab qilişda, nohaqlikka qarşi kuraşişda ham örnak bölib, ham kömak beradigan ziyoli qatlam vakillari edi.
Yillar ötdi. Muallimlar özgara boşladi. Bundan ikki yil avval köçada gul ekayotgan, dalada paxta terayotgan maktab öqituvçilarini savolga tutganimda ular xokisorlik bilan «Qalb amri va öz xohişlari bilan köçaga gul ekkani çiqişganini, paxta xirmoniga hissa qöşiş uçun paykalga borib etak boğlaganlari»ni aytişgandi.
Öşanda ular umidsizlik bilan bu javoblari saytda e'lon qilinsa işdan haydalişlarini aytib zorlanganlarida hayron bölganman.
Çunki, aynan şu kasb egalari farzandlarimizni haqiqatni gapirişga, erkin va hur fikrlaşga örgatadilar, axir?
Ötgan haftada Namangan viloyati, Kosonsoy tumanidagi maktab öqituvçilarining «Yaşil xiyobon» hududida «şanbalik» niqobi ostida eni 1,5-2 metr, uzunligi 410 metr joyga beton quyiş va obodonlaştiriş işlariga majburiy jalb etilgani haqidagi xabar tarqalib ketgandi. Biroq, tumanga borib holatni örganganimizda, 2–umumta'lim maktabi direktori Muhriddin Kotibov va maktab öqituvçilaridan biri öşa yerga beton quyiş uçun borilmaganiga işontirmoqçi bölişgandi. Qölimizdagi suratda esa direktor beton quyiş işlarida qatnaşayotgani körinib turardi.
Taajjub, biz muallimlarga yordam bermoqçimiz, ular esa nega buni xohlamaydilar?
Çust şahridagi 9-maktab
Şunday holat Çustda takrorlandi. Bu yerda öqituvçilar maktab qurilişida javlon urib işlayotgani ustidan çiqdik.
Ikki kun oldin Kun.uz poçtasiga aynan mana şu maktab öqituvçilari majburiy mehnatga jalb qilinayotgani haqidagi suratlar va videolavha kelgandi. Suratlar ostiga «Namangan viloyati, Çust şahar 9-maktab öqituvçilari mehnat ta'tili davrida majburiy mehnatga jalb qilinmoqda. Öqituvçilar direktorning «Kelmasangiz dars soati berilmaydi», degan dağdağasidan qörqib işga çiqişmoqda. Bunday işlar qaçon tugaydi? Kim biz öqituvçilarni himoya qiladi?», deya izoh qoldirilgandi.
Mavzuga oid
Mazkur ta'lim muassasasi Çust şahri markazida joylaşgan bölib, bu yil «Obod markaz» dasturi böyiça boş pudratçi «Obidjon Akmalxon hamkor» MÇJ tomonidan mukammal qayta qurilmoqda.
Maktab içiga kirib, iş jarayonini suratga ola boşladik. Binoning quriliş ketayotgan joylarida ustalar brigadasi iş olib borayotgan bölsa, taşqi tomonda ular bilan öqituvçilar ham tengma-teng mehnat qilişayotgan edi. Turli yumuşlarni bajarayotgan pedagoglar bizni körgaç fotokamera qarşisidan qoçişga harakat qilişdi va suhbatlaşişni istaşmadi.
Muassasa direktori Ravşanoy Ismoilova olib borilayotgan işlarga boş-qoş ekan. Unga savollar bera boşladik.
Rahbar ayni paytda maktab özlari orzu qilgandek körinişga kelayotganidan xursandligini, sport va tadbirlar zallari, öquv va laboratoriya xonalari bitsa, bolalarga ta'lim beriş sifati yanada samaraliroq bölişi haqida gapirdi. Kiroyi gaplar.
Maktabda 1500 nafardan ziyod öquvçiga 75 nafar pedagog xodimlar dars berar ekan. Qarangki, ularning barçasi qonuniy, buyruq asosida ta'tilga çiqqan. Direktordan öqituvçilarni dam olişdan qaytarib, nega işlatiş uçun çaqirganini söradik.
«Özlari işlaydigan maktab içida işlaşyapti. Haşarga bir kunga yordamga çaqirdim. Heç kimni majburlab işlatayotganim yöq. Tozalaş va atrofdagi işlarni özimiz qilmasak, çetdan kelib birov qilib bermaydi. Maktabimiz juda yomon ahvolga kelib qolgandi, mana ta'mirlaşga tuşdi. Şukr aytib, kelib işlaşyapti», deydi mutasaddi.
(Tahririyatda boşqa kunlarda ham öqituvçilar şu maktab hududida oğir işlarni qilayotgani tasvirlangan suratlar bor).
Darvoqe, mazkur maktabdagi quriliş işlariga 3 milliard söm miqdorida mablağ ajratilgan.
Maktab direktori örinbosari Muqaddas Davronova va ingliz tili fani öqituvçisi Burayma Mamadaliyeva öqituvçilar öz xohişlari bilan işlagani kelganliklarini aytişdi.
Bu orada tuman xalq ta'limi bölimi mudiri Şavkatbek Yöldoşev yetib keldi. Tuman pedagoglari sardori bu yil 9ta maktab «Obod markaz» va «Obod qişloq» dasturi asosida ta'mirlanayotganini bildirdi. Tumanda jami 72ta ta'lim muassasasi iş olib borar ekan.
«Çust şahri markazida öquvçilar uçun har tomonlama barça qulayliklarga ega maktab deyarli yöq edi. 9-maktab mukammal ta'mirlansa, bolalar uçun zör ta'lim dargohiga aylanadi. Öqituvçilar ta'til vaqtida işlaşi masalasiga kelsak, texnik xodimlar ta'tilga çiqmagan edi. Öşalar işlayotgandir», deydi u.
Birozdan söng tuş payti böldi şekilli, ta'tilda bölsa-da, maktabda jismoniy mehnat qilayotgan öqituvçilar yaqinlaşişdi. Ular oftob urmasligi uçun turli matolardan yopinçiq yopinib olişgandi. Salomlaşuvdan keyin ulardan biri boşlanğiç sinf öqituvçisi ekanligini, yana biri ingliz tilidan dars berişini aytişdi.
Maktab direktori oldida istihola qilgan öqituvçilar, öz inon-ixtiyorlari bilan faqat bir kunga haşarga kelganliklarini ta'kidlaşar edi. Muallimalarning közlaridan esa, «Sizlar keldingiz, hozir qaytib ketasiz. Biz esa şu yerda rahbarlarimiz bilan qolamiz...», degan ma'noni uqiş mumkin edi...
Bor gaplar
9 oylik öquv yili davomida bolalarga ta'lim-tarbiya bergan öqituvçining ta'tili ta'tildek ötişi kerak. Öqituvçining butun bir boşli davr davomida biroz çarçagan organizmi 3 oy dam oladi hamda yangi öquv yiliga özgaça şijoat va yangi loyihalar bilan kirib keladi.
Maktab direktori esa bunday demoqda: «Nima endi xodimlarimiz maktabdagi uçastkasida ham işlamasligi kerakmi?».
Nega endi? Agar u sinf rahbari bölsa, öz sinfi bilan ajratilgan yer uçastkasida, gulzorda işlasin. Deylik, bir kunlik haşar taşkil qilinsa, xohişi bölsa kelsin.
Köp yillar davomida pedagoglarga tuman va şahardagi turli yumuşlarni bajaradigan dastyordek qaraş oqibatida ta'limda turli muammolar yuzaga keldi. Öqituvçilarni paxta terimidan taşqari dalaga olib çiqib çopiq, «yagana», şuningdek köçalarni supuriş, gul ekiş singari işlarga ham jalb qilişdi.
Öqituvçilar orziqib kutuvçi, çöği köproq bölgan «otpuska puli» beriladigan kun maktabga soliq, kommunal xöjalik, suğurta singari bir qator taşkilotlar kelib, muallimning yozda dam olişi, soğligini tiklaşi uçun zarur bölgan pulni «tuya qilib» ketganini juda köp körganmiz.
Ajablanarlisi, ustozlar özlarini kamsitişlarga oddiy holdek qarayotganida. Ular rahbarlardan çöçib, «Beton quygani özimiz vijdon amri bilan çiqdik», «Tuman köçalariga biz gul ekmasak kim ekadi?», «Aravada ğişt taşisak ham, özimizning maktabga taşiyapmiz», deganida açinib ketasiz.
Yuqorida aytilganidek, farzandlarimizni haqiqatni gapirişga, erkin va hur fikrlaşga ustoz örgatadi, axir!?
Ta'limning bugungi sifati kelajagimizga, yuksalişimizga, taraqqiy topişimizga juda katta ta'sir qilişi hammamizga ayon.
Öqituvçi ta'tilga çiqdimi, tamom. Dam olsin, hordiq çiqarsin. Yangi öquv yiliga kuç töplasin. Qurilişni quruvçi, suvoqni suvoqçi, çopiqni dehqon qiladi, betonni esa betonçi quyadi.