«Heritage Foundation» tadqiqot markazi tomonidan Wall Street Journal bilan hamkorlikda «Iqtisodiy erkinlik indeksi-2021» hisoboti e'lon qilindi.
Unda Özbekiston 186ta mamlakat orasida 58,3 ball bilan 108-örinni egallagani qayd etilgan. Sönggi hisobotga köra, mamlakat reytingi 1,1 ballga yaxşilanib, 6 poğonaga kötarilgan. Şu bilan birga, oxirgi tört yilda 44 ta örin (152-örindan 108-öringa) yuqorilagan.
Iqtisodiy erkinlik indeksida respublika 12ta indikatorning 7 tasida ijobiy özgarişlarni qayd etgan, şu bilan 3 ta indikatorda pasaygan va 2 tasi böyiça körsatkiçlar özgarmagan.
Hisobot 2019 yilning 1 iyulidan 2020 yilning 1 iyuligaça bölgan davrga oid ma'lumotlar bazasidan kelib çiqqan holda taqdim etilgan.
Ma'lum qilinişiça, Özbekiston reytingda Osiyo-Tinç okeani mintaqasidagi 40ta mamlakat orasida 21-örinni egalladi.
Mazkur dunyo reytingining eng yuqori 3 ta poğonasini Singapur (89,7 ball), Yangi Zelandiya (83,9 ball) hamda Avstraliya (82,4 ball) egallagan.
Eng quyi örinlarda esa Kuba (28,1 ball), Venesuela (24,7 ball) va Şimoliy Koreya (5,2 ball) joylaşgan.
Avvalroq, Özbekiston jahon mamlakatlarining farovonlik reytingida 5 öringa kötarilib 97-örinni egallagani xabar qilingandi. Reytingda respublikaning eng zaif tomonlari sifatida ekologik muhit, şaxsiy erkinlik va davlat boşqaruvi samaradorligi keltirilgan.












