Legatum Institute tomonidan har yili tuziladigan Legatum Prosperity Index dunyo reytingida Özbekiston 102-örindan 97-öringa kötarildi.
Mualliflar mamlakatlarni 9 mezon böyiça taqqosladi: iqtisodiy rivojlaniş darajasi, biznes muhiti, davlat boşqaruvi samaradorligi, ta'lim, soğliqni saqlaş, xavfsizlik va şaxsiy erkinlik, şuningdek, ijtimoiy kapital va ekologik muhitni rivojlantiriş mezonlari.
Yangilangan reytingda Özbekistonning eng zaif tomonlari hanuzgaça ekologik muhit (157-örin), şaxsiy erkinlik (147-örin) va davlat boşqaruvi samaradorligi (136-örin) hisoblanadi.
Reytingga köra, Özbekistonning kuçli tomonlari ijtimoiy kapital (20-örin), soğliqni saqlaş (43-örin) va xavfsizlik (52-örin).
2010 yilda Özbekiston birinçi marotaba mamlakatlar röyxatida paydo böldi va 109-örinni egalladi, 2019 yilda esa 102-öringa kötarildi.












