Şunça öqib “paynetçi” bölasanmi?
Farğona viloyati Qöştepa tumani Langar qişloğida tuğilganman. Yoşim 23 da. YouTube platformasida iş olib boraman. Ota-onam şifokor. Oilada tönğiç farzandman. Mendan keyin yana ikki öğil ukam bor.

Qişloq şaroitida ösib ulğayganim uçun köpçilik qanday qilib IT cohasiga kirib kelganim haqida qiziqib söraşadi. Ota-onam şifokor bölgani uçun mening ham şifokor bölişimni xohlaşdi va tabiiy fanlarga yönaltirişdi. Akademik litseyda kimyo va biologiya fanlarini örgandim. Lekin öqiş jarayonida bu soha men uçun emasligini anglab yetdim. Şundan keyin özimga boşqa yönaliş tanlaşga harakat qildim.
Ingliz tilini bilganim uçun turli saytlarga kirib çet elliklar hayotini örgandim. Dasturçilik u paytda unçalik rivojlanmagan edi. Dasturçi bölişga qaror qildim. Ota-onamga tanlagan yölim haqida aytganimda ular köçada “paynetçi” bölasanmi, deyişgan. Çunki köpçilik dasturçi deganda telefon ustasi yoki paynetçini tuşunadi. Tabiiyki ota-onam bunga qarşilik qilişdi. Mening esa qarorim qat’iy edi, ularga şu kasb orqasidan oyoqqa turişimni isbotlamoqçi böldim.
Birinçi topgan pulim 156 dollar edi...
Öşa paytda dasturçilikni örganiş qiyin edi. Çunki bizda bu kasbni (ayniqsa Farğona şaroitida) örganiş deyarli imkonsiz edi. Ingliz tilida YouTube-kanalimni oçdim. U paytda kollejda 2-kurs edim. Bu kanal telefonlarni tuzatiş, dastur qiliş kabi köpçilik uçun foydali videolar qildim. Ba’zi videolarimni köpçilik tomoşa qildi. Sekin-asta obunaçilarim köpaya boşladi. Birinçi YouTubeʼdan topgan pulim 156 dollar edi. Pulni oliş uçun bankka borganimda yoş bola bölganim sabab bank xodimlari menga xizmat körsatmagani yodimda. Ota-onam bilan birga borib pulni olib kelganmiz. Öşanda 17 yoşda bölganman. U vaqtlarda 156 dollar katta öqituvçining bir oylik maoşiga teng edi. Şundan keyin ota-onam IT sohasida pul topiş mumkinligiga işonç hosil qilişgan va bu yölda meni qöllab-quvvatlaşdi.

Keyingi oyda 448 dollar pul topganman. Şunday qilib ota-onamni kelajagim IT sohasida bilan boğliqligiga işontirganman. Matematika fanini örgana boşladim. Ingliz tilini yanada mukammalroq örganişga ahd qilib, Toşkentdagi Inha universitetiga öqişga kirişga tayyorgarlik köra boşladim. Qişloqda şaroit bölmagani uçun Farğona şahriga borib tayyorgarlik kördim. YouTubeʼdan çet elliklar hayoti haqidagi videolar tomoşa qilib ingliz tilini örganişga bölgan iştiyoq yanada kuçaydi. Ingliz tiliga öqişga qiziqtirgan eng avvalo otam bölgan. Otam şifokor bölgani uçunmi qölida doim kitob bölgan. Uni körib biz 3 öğil kitob öqişga mehr berganmiz.














