Toşkent ilk marta mezbonlik qilayotgan Iqtisodiy hamkorlik taşkilotining jahondagi örni, tarixi, maqsad va vazifalari qanday? Nega bu mintaqaviy taşkilotning potensiali töliq röyobga çiqmay keldi? Progressiv islohotlar markazi eksperti Alouddin Kamilov şu va boşqa savollarga javob berdi.
— IHTning jahon hamjamiyatida örni qanday?
— A’zo davlatlar – tili, madaniyati, tarixi jihatdan yaqin davlatlar hisoblanadi. Taşkilot tuzilişida bir neça bosqiçlar bölgan. 1964 yilda Turkiya, Eron va Pokiston örtasida tuzilgan şartnoma asosida mazkur taşkilot faoliyat boşlagan. 70-yillardagi savdo-sotiq masalalaridagi qiyinçiliklar sabab vaqtinça töxtab qolgan va 1985 yilda hozirgi nom bilan qayta işga tuşgan.
Markaziy Osiyo davlatlari mustaqil bölgaç, bu taşkilotga a’zo bölişgan, şundan söng 10 taga yetgan taşkilot a’zolari. Hududiy jihatdan bu 10 ta davlat katta joyni egallaydi, aholi esa yarim milliardga yetadi.
Umuman olganda, jahon hamjamiyatida bu taşkilot örni juda baland deyiş biroz qiyin, çunki bu mintaqalar siyosiy, geosiyosiy jihatdan murakkab. Yaqin tarixdagi turli vaziyatlar bu taşkilotning töliq salohiyatini körsatişiga xalaqit bergan. Ya’ni ötgan asrdagi Eron inqilobi, Eron-Iroq uruşi, Tojikistondagi fuqarolar uruşi, Afğonistonga AQŞ qöşinlari kirişi va şunga öxşaş holatlar.
— IHT sammiti birinçi marotaba Özbekistonda ötkazilmoqda. Rasmiy Toşkent nega şu vaqtgaça taşkilotda faol bölmadi yoki masofa saqladi?
— Taşkilot öz iqtisodiy potensialini körsatib berolmagan. Masalan, taşkilot 90-yillarda Markaziy Osiyo davlatlari uçun muhim bölmagan. U paytda köproq possovet davlatlari bilan aloqa kuçliroq bölgan.
2017 yildan boşlab bizning taşqi siyosat va iqtisodiy diplomatiyamiz özgardi. Şu barobarda taşkilotda ham faollik oşa boşladi. 2017 yilgaça Markaziy Osiyo davlatlarida özaro taranglik ham bor edi, taşkilotning yarmi esa ayni şu mintaqa davlatlari. Özaro muammolar hal bölgaç, taşkilot faolligi ham oşdi.
— Odatda MO davlatlari mavjud platformalarga Xitoy va Rossiya ham suqilib kirişga intiladi. Ikki kuç markazining bu taşkilotga a’zo yoki kuzatuvçi bölib kirişga xohişlari bormi?










