Murod Muhammadjonov

Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik sub’yektlari uçun teng raqobat muhitini yaratiş va insofli soliq tölovçilar huquqlarini himoya qilişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi. Loyiha yaratuvçisi – Davlat soliq qömitasi.

Heç bir vakolatli organ bozor narxini belgilaşi kerak emas

Hozirgi kundagi soliq qonunçiligidagi töxtovsiz özgarişlar va yangiliklarni tadbirkorlar hazm qila olmasidan uşbu nizomning muhokamaga qöyilişi, fikrimizça, yana nimadir yangilik qiliş maqsadida biroz şoşma-şoşarlik qilingan. Töğri, Soliq kodeksining transfert va bozor narxlari masalalarini tartibga soluvçi moddalari 2022 yilning 1 yanvaridan amalga kiritilişi közda tutilgan. Lekin soliq ma’murçiligi masalasida amalga oşirilayotgan özgarişlar va bu özgarişlarga nafaqat tadbirkorlar moslaşa olmayotgani, balki soliq organi tomonidan tayyorlangan dasturlar ham omma uçun xatolik bilan işlab kelayotgan bir paytda bozor narxlari böyiça qöşimça soliqlar hisoblaş tartibi amalga kiritilişi ortiqça.

Nizomning nomiga e’tibor bering: Soliq soliş maqsadida tovar (xizmat)larning bozor narxini aniqlaş tartibi töğrisidagi nizom. Aynan “bozor narxlarini” aniqlaş, “belgilangan narxlar” emas. Nizomda esa bozor narxini aniqlaşda tovar (xizmat)lar bozorida talab va taklif asosida şakllanadigan narxdan taşqari, vakolatli organlar va baholaş taşkilotlari tomonidan aniqlanadigan va (yoki) belgilanadigan narx ham bozor bahosi deyilişi közda tutilgan.

Bozor narxi bozor talab va taklifi asosida şakllanadigan narxligi tuşunarli, bu iqtisodiy termin va haqiqatan şunday bölişi kerak. Lekin ikkinçi qismiga e’tibor bering: “vakolatli organlar” tomonidan aniqlanadigan narx, deyilmoqda. Bozor narxini kimdir emas, aynan talab va taklif belgilaydi. Gap bozor narxi haqida ketar ekan, heç qaysi organning vakolati yöqki, uni belgilaşga. Nizomning xatosi şu joyning özida.

Hozir benzinning narxi qayerdadir 6 ming sömga yetmasa, qayerdadir 8 ming söm. Lekin bu qaror çiqqaç, unga asoslanib: “Vakolatli organ mana bu narxda sot, degan edi, sen bu narxda sotmayapsan”, deya qöşimça soliq soliş boşlanmasligiga kafolat bormi? Birinçi xato va soliq tölovçi bilan tuşunmovçilik şu yerda boşlanadi.