2023 yil 1 iyundan boşlab tijorat banklari bilan kelişilgan jadvalga muvofiq Uzcard va Humo tölov tizimlari bankomatlarini bosqiçma-bosqiç özaro bir-biriga ulaş boşlangandi.

Integratsiya bir bankomat ham Humo, ham Uzcard kartalariga xizmat körsatişiga imkon beradi.

Markaziy bankning Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, bankomatlarga ega 27 ta bankdan 24 tasi öz tarmoğidagi bankomatlarda integratsiyani 100 foiz yakunlagan.

3 iyul holatiga, 27 ta tijorat bankiga tegişli jami 12 339 bankomatdan 11 458 tasi integratsiya qilingan. Şunday qilib, umumiy integratsiyalaşuv jarayoni 92 foizga yetgan.

Barça Uzcard va Humo bankomatlarini integratsiya qilgan banklar qatorida bankomatlari eng köp bölgan Xalq banki (3111 ta), Kapitalbank (1197 ta) va Agrobank (1423 ta) ham bor. Faqat Sanoatqurilişbank integratsiya jarayonini 53 foizga, Ipak yöli banki esa 55 foizga yetkazgan; 6 ta bankomatga ega Özagroeksportbank ularni hali moslaştirmagan.

Eslatib ötamiz, Uzcard va Humo tölov tizimlari integratsiya qilinişi haqida 2020 yildan buyon aytib kelinadi. Bu jarayon 2021 yil oxirigaça yakunlanişi haqida rasman e’lon qilingan, lekin bu amalga oşmay qolgandi.

Markaziy bank Özbekistonda Uzcard va Humo tölov tizimlarining bankomatlarini integratsiya qiliş işlari 2023 yil may oyigaça yakunlanişi mumkinligini ma’lum qilgandi. Biroq integratsiya jarayoni iyun oyida boşlandi.

Regulyator 2023 yil yakuniga qadar tölov terminallari tizimini integratsiya qiliş işlarini yakunlaşni reja qilgan.

Avvalroq 2022 yilda Özbekistondagi bank kartalari soni 34 millionga yetgani ma’lum qilingandi.