Şavkat Mirziyoyev Özbekiston va Qirğiziston hukumatlari örtasida Issiqköl viloyatida joylaşgan kurort va dam oliş maskanlari töğrisidagi bitimni tasdiqladi. Bu haqdagi hujjat (.pdf) Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi saytida e’lon qilindi.

Hujjat köl qirğoğida joylaşgan rekreatsiya zonalariga egalik huquqini tartibga soliş, şuningdek, ularning keyingi faoliyatini ta’minlaş uçun möljallangan.

Röyxatga «Markaziy Osiyoning oltin qumlari» (sobiq «Bosteri»), «Rohat-NBU» (sobiq «Raxat»), «Dilorom» (sobiq «Enesay»), şuningdek, qurilişi tugallanmagan «Böston» pansionatlari kiritilgan.

Qirğiziston uşbu obektlarga egalik huquqini Özbekistonga ötkazadi. Özbekiston esa uşbu obektlarga bölgan mulk huquqini amalga oşiriş uçun vakolatli taşkilotlarni belgilaydi.

«Toşkent mexanika zavodi» aksiyadorlik jamiyatiga «Markaziy Osiyoning oltin qumlari» pansionati, Milliy Bankka «Rohat-NBU» uyi, «Asakabank»ga «Dilorom» pansionati, «Özsanoatqurilişbank»ga «Böston» pansionatiga nisbatan vakolat beriladi.

Bitim 2024 yil 18 iyul kuni Toşkent şahrida Qirğiziston prezidenti Sadir Japarovning Özbekistonga taşrifi çoğida imzolangan.

Qirğiziston Vazirlar Mahkamasi uşbu kelişuvni 23 sentabrda tasdiqlagan.