Fazilatli şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohga juda köplab savollar yöllaşar edi. Bu savollarga hazratning javoblari ham antiqa, kutilmagan qaytarilardi. Masalan, bir kişi u zotdan söradilar: “Taqsir, kimning tavbasi qabul bölmaydi?”. U kişi şunday dedilar: “Tavba qilmagan odamning tavbasi qabul bölmaydi”.
U kişida ana şunday ğaroyib va nodir javoblar bölar edi.
Bir safar söraşdi: “Sumalak haqida gapirsangiz, Qur'onda bu taom haqida nima deyilgan?”. Javob qaytardilar: “Qur'on pazandaçilik haqidagi kitob emas, u hidoyat kitobdir”. Yana savol berişdi: “Nike krossovkasini kiysam böladimi?”. “Ölçami töğri kelsa kiyavering”, dedilar hazrat. Savol beruvçilardan yana biri söradi: “Anjirni yoqsam böladimi?”. U zot dedilar: “Yaxşi yonadi, yoqavering”.
Alloh u kişini rahmat qilsin, hali bu javoblarni köp soğinamiz.















