Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan mamlakat hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida 2019 yil 8 oktabr kuni o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari ma'lum bo‘ldi.

Mol go‘shti (lahm go‘shtidan tashqari) 35 000 so‘mdan 55 000 so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, 1 kg mol go‘shtining (suyaksiz go‘shtidan tashqari) minimal narxi Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori»da qayd etilgan (35 000 so‘m). Mol go‘shtining maksimal narxlari esa Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Oloy dehqon bozori», «Qo‘yliq dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (55 000 so‘m).

Qo‘y go‘shti 35 000 so‘mdan 60 000 so‘mgacha (kg)

Qo‘y go‘shtining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da (35 000) so‘mdan ro‘yxatga olingan. Maksimal narxlari esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (60 000) so‘mdan kuzatildi.

Kartoshka 1 200 so‘mdan 4 000 so‘mgacha (kg)

Olib borilgan kuzatuv natijalariga ko‘ra, kartoshkaning minimal narxi Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori» va «Eski jo‘va dehqon bozori»da (1 200 so‘mdan), maksimal narxlari esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (4 000 so‘m) qayd etildi.

Piyoz 1 000 so‘mdan 3 000 so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, piyoz mahsulotining minimal narxlari Andijon shahrining «Yangi bozor dehqon bozori», «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Jizzax shahrining «Jizzax markaziy dehqon bozori», Samarqand shahrining “Siyob dehqon bozori", «Damariq dehqon bozori», Chirchiq shahrining «Chirchiq shahri dehqon bozori», Farg‘ona shahrining «Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori» va Toshkent shahrining Eski jo‘va dehqon bozori”da (1 000) so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxlari esa Urganch shahri «Urganch markaziy dehqon bozori», Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (3 000 so‘m).

Sabzi 1 500 so‘mdan 5 000 so‘mgacha (kg)

Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Buxoro shahrining «Buxoro markaziy dehqon bozori», Jizzax shahrining «Jizzax markaziy dehqon bozori», Namangan shahrining «Namangan chorsu dehqon universal bozori», Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori», Chirchiq shahrining «Chirchiq shahri dehqon bozori», Yangiyo‘l shahrining «Ixtisoslashgan Yangiyo‘l shahar dehqon bozori», Farg‘ona shahrining «Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori», Urganch shahrining «Urganch markaziy dehqon bozori», Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori»da (1 500) so‘mdan qayd etilgan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori»da (5 000) so‘mdan kuzatildi.