2019 yilning olti oyida O‘zbekistondan qancha odam chet elga ketgani ma'lum bo‘ldi
2019 yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolari soni 3,6 mln kishini tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 35,7 %ga ortgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.
2019 yil yanvar–iyun oylarida chet elga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari soni 6,2 mln kishini tashkil etdi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan taqqoslanganda esa bu ko‘rsatkich 11,3 %ga kam.
O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolari sonining tahlilidan ko‘rinadiki, 2019 yil yanvar–iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 971,9 ming nafar ko‘p chet el fuqarolari tashrif buyurgan.
Ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari soni, 2018 yil yanvar–iyun oylarida 7 mln kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2019 yil yanvar–iyun oylarida 6,2 mln.ni tashkil etdi.
2019 yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolarining 55,0 % (2 mln kishi) erkaklar, 45,0 % (1,6 mln kishi) ayollarni tashkil etadi.
Shu bilan birga ketgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining 60,5 % (3,7 mln kishi) erkaklar, 39,5 % (2,4 mln kishi) ayollar tashkil etadi.
MDH davlatlaridan O‘zbekiston Respublikasiga 3,4 mln kishi tashrif buyurgan bo‘lib, ularning 2,5 mln qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida, 254,7 ming nafari sayyohlik maqsadida, 358,9 ming nafari tranzit orqali tashrif buyurgan.
Uzoq xorijiy davlatlardan O‘zbekiston Respublikasiga 270,3 ming kishi tashrif buyurgan. Ulardan 150,0 ming nafari sayyohlik maqsadida, 26,7 ming nafari qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida, 14,3 ming nafari xizmat maqsadlarida va h.k.
O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolarining asosiy qismi Qozog‘iston Respublikasidan 1,1 mln kishi (barcha tashrif buyurganlarning 32,1 %), Tojikistondan 1 mln kishi (28,0 %), Qirg‘izistondan 680,7 ming kishi (18,4 %), Rossiyadan 260,4 ming kishi (7,0 %), Turkmanistondan 233,4 ming kishi (6,3 %) va Belarusdan 9,1 ming kishi (0,2 %) tashrif buyurgan.
Uzoq xorijiy davlatlardan O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolarining asosiy qismi Turkiyadan 49,3 ming kishi (1,3 %), Xitoydan 26,9 ming kishi (0,7 %), Janubiy Koreyadan 18,6 ming kishi (0,5 %), Hindistondan 16,8 ming kishi (0,5 %), Germaniyadan 11,7 ming kishi (0,3 %), Yaponiyadan 9,5 ming kishi (0,3 %), Fransiya, Italiya va Isroil davlatlaridan mos ravishda 9,3, 8,8 va 6,0 ming kishi tashrif buyurgan.
2019 yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan 5,9 mln kishi MDH davlatlariga tashrif buyurgan bo‘lib, ularning 3,3 mln qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida, 1,9 mln ishlash maqsadida, 60,4 ming nafari sayyohlik maqsadida tashrif buyurgan.
Uzoq xorijiy davlatlarga esa O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan 288,9 ming kishi tashrif buyurgan bo‘lib, ulardan 178,9 ming nafari sayyohlik maqsadida, 41,1 ming nafari ishlash maqsadida tashrif buyurgan.
Chet elga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining asosiy qismi, ya'ni 44,8 % Qozog‘iston Respublikasiga (2,7 mln kishi), 26,9 % Qirg‘iziston Respublikasiga (1,6 mln kishi), 11,9 % Rossiyaga (736,6 ming kishi), 10,9 % Tojikistonga (673,6 ming kishi), Turkmaniston, Belarus va Ozarboyjonga mos ravishda 47,8, 6,8 va 5,8 ming kishi tashrif buyurgan.
Chet elga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining asosiy qismi Turkiyaga (98,8 ming kishi), Janubiy Koreyaga (41,6 ming kishi), BAAga (29,2 ming kishi), Saudiya Arabistoniga (25,2 ming kishi), Xitoy, Hindiston va AQSh davlatlariga (mos ravishda 15,9, 13,9 va 10,6 ming kishi) tashrif buyurgan.
O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolarining asosiy safar maqsadlari bu qarindoshlarni yo‘qlash (68,6 %). Keyingi o‘rinlarda sayyohlik maqsadi – 10,9 %, tranzit – 9,9 %, davolanish maqsadi – 0,9 %, ishlash maqsadi – 0,8 %, doimiy yashash maqsadi va xizmat yuzasidan – 0,8 % dan, tijorat maqsadi – 0,6 %, o‘qish – 0,4 % va boshqa maqsadlar – 6,5 %. O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolarining – 55,0 % erkaklar, 45,0 % ayollarni tashkil etadi.
2019 yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolarining yoshi bo‘yicha taqsimlanishidan ko‘rish mumkinki, ularning 53,5 % – 31–55 yoshlilar, 20,8 % – 19–30 yoshlilar, 18,0 % – 56 yosh va undan kattalar, 7,7 % – 0–18 yoshlilar tashkil etadi.
Davolanish maqsadida tashrif buyurgan chet el fuqarolarining 51,4 % – 31–55 yoshlilar, 21,0 % – 19–30 yoshlilar, 19,7 % – 56 yosh va undan kattalar tashkil etadi. Qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida tashrif buyurganlarning 52,0 % – 31–55 yoshlilar, 19,0 % – 19–30 yoshlilar, 20,1 % – 56 yosh va undan kattalar tashkil etadi.
Sayyohlik maqsadlarida tashrif buyurganlarning 52,5 % 31–55 yoshlilar, 19,5 % – 19–30 yoshlilar, 22,3 % – 56 yosh va undan kattalar tashkil etadi.
2019 yil yanvar–iyun oylarida sayyohlik maqsadida kelgan 18 yoshgacha bo‘lgan chet el fuqarolarining 11 662 nafari erkaklar va 11 280 nafari ayollar, 19–30 yoshlilarning 41 646 nafari erkaklar va 37 307 nafari ayollar, 31–55 yoshlilarning 111 234 nafari erkaklar va 101 121 nafari ayollar, 56 yosh va undan kattalarning 38 367 nafari erkaklar va 52 082 nafari ayollardan iborat.
2019 yil yanvar–iyun oylarida chet elga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining safar maqsadlari bo‘yicha taqsimlanishidan ko‘rish mumkinki, ularning 54,5 % qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida, 31,5 % ishlash maqsadida, 3,1 % doimiy yashash maqsadida, 3,9 % sayyohlik maqsadida, 0,8 % xizmat yuzasidan, 0,7 % tranzit, 0,5 % o‘qish maqsadida, 0,3 % davolanish maqsadida va 4,7 % boshqa maqsadlarda ketgan.
2019 yil yanvar–iyun oylarida chet elga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining yoshi bo‘yicha taqsimlanishidan ko‘rish mumkinki, ularning 53,3 % – 31 – 55 yoshlilar, 30,2 % – 19 – 30 yoshlilar va 11,8 % 56 yosh va undan kattalar, 4,7 % 18 yoshgacha bo‘lganlar tashkil etadi.
Sayyohlik maqsadida xorijda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining 52,6 % – 31 – 55 yoshlilar, 19,4 % – 19 – 30 yoshlilar, 20,0 % - 56 yosh va undan kattalar tashkil etadi. O‘qish maqsadida ketganlarning 84,5 % – 19 – 30 yoshlilar, 7,7 % – 18 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar tashkil etadi. Xizmat maqsadlarida tashrif buyurganlarning 69,9 % 31 – 55 yoshlilar, 18,5 % 19 – 30 yoshlilar tashkil etadi.
Mavzuga oid
08:10 / 10.12.2024
O‘zbekistonda doimiy aholi soni 37,5 mlndan oshdi
16:51 / 09.12.2024
Rossiyada 2024 yildagi mehnat migrantining o‘rtacha statistik portreti tuzildi
10:13 / 03.12.2024
Noyabr oyi uchun inflatsiya darajasi ma’lum qilindi
15:15 / 01.12.2024