Özbekiston Afğonistonda Alişer Navoiy haykaliga zarar yetkazilgani haqidagi xabarlarni qayğu bilan qabul qildi. Bu haqda Özbekiston taşqi işlar vazirining matbuot kotibi Ahror Burhonov ma’lum qildi.

Unga köra, bu masala yuzasidan Afğoniston hukumati vakillari bilan boğlanilgan. Ularning aytişiça, uşbu vandalizm holati qardoş Özbekiston bilan köp asrlik döstona munosabatlarni mustahkamlaş tarafdori bölgan hukumat rasmiy siyosatini aks ettirmaydi, noma’lum şaxslarning özboşimçalik va öylamasdan qilgan harakati natijasi bölib, umumiy tarixiy va madaniy merosga zarar yetkazadi.

«Afğoniston hukumati vakillari yodgorliklarni tiklaş va umumiy merosimizga hurmat bilan munosabatda böliş çoralarini körişini ma’lum qildilar», deyiladi TIV munosabatida.

Avvalroq Daryo.uz naşri Hasht-e Subh Daily’ga tayangan holda «Tolibon» harakati Afğonistonning Balx viloyatida örnatilgan Alişer Navoiy yodgorligini buzib taşlagani töğrisida ma’lumot bergandi.

Yodgorlik buzib taşlangani sababli Afğoniston milliy qarşilik körsatiş kengaşi «Tolibon» guruhi mamlakatning madaniy öziga xosligi qarşi uruş holatida ekanini aytdi. Kengaş tarixiy ramzlarning olib taşlanişi va madaniy öziga xoslik yodgorliklarining vayron qilinişi Afğonistonda etnik va tillararo ziddiyatni kuçaytirişini bildirdi.

9 fevral kuni mahalliy manbalar Balx viloyatida Alişer Navoiy haykali vayron qilingani haqida xabar bergan.