Sobiq iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xöjayev «Rosgeologiya»ning Özbekistondagi Rosgeo Uzbekistan şirkatiga rahbar böldi. Bu haqda «Rosgeologiya» xabarida aytilgan.

«Rosgeologiya» bir qator loyihalarni amalga oşiriş va hamkorlikning boşqa yönalişlarini rivojlantiriş uçun Özbekistonda Rosgeo Uzbekistan kompaniyasini taşkil qildi.

«Yangi kompaniyaga Botir Xöjayev rahbarlik qiladi, u 2020 yil fevraligaça iqtisodiyot va sanoat vaziri bölib işlagan», - deyiladi «Rosgeologiya» matbuot xizmati xabarida.

Rossiya kompaniyasi Orol dengizi akvatoriyasi va unga tutaş hududning uglevodorod salohiyatini baholaş böyiça birinçi tijorat şartnomasini imzoladi.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 7 aprel kuni Özbekiston boş vazirining sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantiriş masalalari böyiça maslahatçisi Botir Xöjayev lavozimidan ozod etilgandi.

Botir Xöjayev 1956 yilda tuğilgan, 1979 yilda Toşkent temir yöl muhandislari institutini tamomlagan.

1992−1996 yillarda - Toşkent şahar Çilonzor tumani hokimining birinçi örinbosari va Toşkent şahar hokimining örinbosari bölib işlagan, 1996−1997 yillarda - Davlat mulki qömitasi raisining birinçi örinbosari, 1997−1998 yillarda - Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil boşqarmasi boşliği örinbosari, 1998−2002 yillarda - Soliq qömitasi raisining birinçi örinbosari va raisi, 2002−2005 yillarda Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil boşqarmasi boşliği lavozimlarida faoliyat körsatgan.

U 2005−2006 yillarda - Prezidentning ijtimoiy-iqtisodiy masalalar böyiça davlat maslahatçisi bölgan, 2006−2009 yillarda - Iqtisodiyot vaziri, 2009−2011 yillarda — boş vazir örinbosari - Davlat arxitektura va quriliş qömitasi raisi, 2011−2016 yillarda - Iqtisodiyot vazirining birinçi örinbosari sifatida işlagan.

2016 yildan Moliya vaziri lavozimida işlagan Botir Xöjayev 2017 yilda Iqtisodiyot vaziri lavozimiga ötkazilgan, 2019 yil yanvarida prezident farmoni bilan bu vazirlik qayta taşkil etilib, Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga aylangan, Xöjayev vazirlik rahbari sifatida lavozimini