Özbekiston energetika vaziri Alişer Sultonov 2020 yil 27 fevral kuni «Rosgeologiya» AJ boş direktori, boşqaruv kengaşi raisi Sergey Gorkov bilan uçraşdi.
Uçraşuv «Rosgeologiya» delegatsiyasining Toşkentga amalga oşirgan bir kunlik taşrifi doirasida bölib ötdi. Taşrif dasturiga binoan unda Özbekiston Geologiya va mineral resurslar davlat qömitasi raisi Bobur Islomov, «IMR» instituti, «Özbekgeofizika» hamda Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti rahbariyati ham iştirok etib, «Rosgeologiya» AJ va Özbekiston Davlat geologiya qömitasi örtasida Özbekiston hududlarining iqtisodiy potensialini rivojlantiriş uçun mineral xomaşyolardan samarali foydalaniş borasida yer osti boyliklaridan foydalaniş sohasida hamkorlik qiliş böyiça şartnoma imzolandi.
Muloqot davomida energetika vaziri A.Sultonov ta'kidlab ötganidek, imzolangan şartnoma va unda belgilab berilgan yönalişlar «Rosgeologiya» AJ va Energetika örtasidagi hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş barobarida, Özbekistonning uglevodorodlar va mineral xomaşyolar bazasini sezilarli tarzda mustahkamlaşga, hududlarning energiya ta'minoti sifatini oşirişga xizmat qiladi.
«Hamkorlikda amalga oşirilgan işlar doirasida işlab çiqariş sur'atlarini oşiriş, şuningdek, neft-gazning istiqbolli hududlarini havzali, geologik va gidrodinamik modellaştiriş uçun zamonaviy usul va texnologiyalarni joriy etiş maqsadida resurs salohiyatini baholaş, aniqlanmagan konlarni qidiriş va baholaş hamda Özbekistonning uglevodorod zaxiralari tarkibini «Rosgeologiya» AJ tajribasi va mavjud işlanmalarini hisobga olgan holda tahlil qiliş rejalaştirilgan. Respublikaning sanoat xomaşyosi va geologik uglevodorodlarni xalqaro talablarga muvofiq ravişda töliq inventarizatsiya qiliş vazifalaridan kelib çiqadigan bölsak, bu Özbekistonning neft-gaz sanoati uçun juda muhimdir», – deb ta'kidladi vazir.
«Rosgeologiya» korxonalarida özbekistonlik mutaxassislar uçun havzalarning zamonaviy uslub va texnologiyalari masalalari, istiqbolli neft-gaz hududlarning geologik va gidrodinamik modellaştiriş va boşqa dolzarb yönalişlarda öquv dasturlari va malaka oşirişni taşkil etiş yönalişida hamkorlikning katta istiqbollari borligi ta'kidlandi.
Muzokaralar çoğida tomonlar erişilgan kelişuvlarni tezroq amalga oşirişga va amaliy hamkorlik sur'atlarini rivojlantirişga qiziqiş bildirdilar.
Eslatib ötamiz, 2018 yilning oktyabrida «Özbekneftegaz» va «Rosgeologiya» tomonidan hamkorlik böyiça kelişuv imzolangan bölib, unda Özbekiston hududida geologiya qidiruv sohasida özaro hamkorlik qiliş belgilangan.












