Kun.uz manbasi xabar berişiça, hukumat tuzilmasi yangilangan va yangi lavozimlar joriy etilgan. Endilikda sobiq vazir Botir Xöjayev Boş vazirning sanoat va kooperatsiya masalalari böyiça maslahatçisi lavozimiga tayinlangan.

2016 yildan Moliya vaziri lavozimida işlagan Botir Xöjayev 2017 yilda Iqtisodiyot vaziri lavozimiga ötkazilgan, 2019 yil yanvarida prezident farmoni bilan bu vazirlik qayta taşkil etilib, Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga aylangan, Xöjayev vazirlik rahbari sifatida lavozimini saqlab qolgandi.

Bundan avvalroq Moliya vaziri Jamşid Qöçqorov Iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimiga tayinlangani xabar qilingandi.