O‘zbekiston | 22:40 / 28.11.2019
12295
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha Speedtest Global Index reytingida 7 o‘rin pastladi

Irlandiyaning Ookla kompaniyasiga tegishli Speedtest.net internet-servis 2019 yilning oktabr oyi yakunlariga taalluqli ma'lumotlarni e'lon qildi. Unda jahondagi davlatlarda mobil va simli internet tezligi taqqoslab chiqilgan.

O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha 141 davlat ichida 136-o‘rinda qayd etilgan — Internetdan o‘rtacha yuklab olish tezligi 9,48 Mb/soniya, yuklash tezligi esa 5,73 Mb/soniya. Bu borada ko‘rsatkich sentabr oyiga nisbatan 7 o‘ringa pastlagan.

Simli internet borasida O‘zbekiston 176 davlat orasida 119-o‘ringa joylashtirilgan — Internetdan o‘rtacha yuklab olish tezligi 18,90 Mb/soniya, yuklash tezligi esa 19,27 Mb/soniya.

MDH va Boltiqbo‘yi davlatlari ichida mobil internet tezligi bo‘yicha Litva — 19, Estoniya — 26, Moldova — 41, Latviya — 56, Armaniston — 57, Ozarboyjon — 60, Gurjiston — 66, Ukraina — 88, Rossiya — 91, Qozog‘iston — 99, Qirg‘iziston — 106, Belarus — 118, Tojikiston — 132-o‘rinda joylashtirilgan.

Hozircha internetning o‘rtacha bahosini bildiruvchi Worldwide mobile data pricing reytingi o‘tgan yildan buyon yangilanmasdan turibdi. 2018 yil noyabr oyiga asoslangan ma'lumotlarga ko‘ra, tadqiqotchilar O‘zbekistonni 230 davlat ichida 69-o‘ringa joylashtirishgan.

Mavzuga oid