Toşkent şahrida 3 qavat qilib qurilişi rejalaştirilgan binoda noqonuniy tartibda qöşimça 9 qavat va mansarda qurgan tadbirkor aniqlandi. Bu haqda Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, Uçtepa tumani 23-mavze hududida buyurtmaçi Max group house MÇJ tomonidan qurilayotgan savdo va maişiy xizmat körsatiş majmuasida quriliş-montaj işlarini boşlaş töğrisida 2021 yilda nazorat inspeksiyasiga xabarnoma yuborilgan. Toşkent şahar quriliş boş boşqarmasining tegişli xulosasi bilan bino eskiz loyihasi 3 qavatga kelişilgan.

2021 yilda esa uşbu obektda loyihadan çetga çiqqan holda qöşimça qavatlar qurilişi aniqlangan. Mazkur qoidabuzarlik yuzasidan bir neça marta yozma körsatma hamda ogohlantiriş xatlari berilişiga qaramasdan quriliş işlari davom ettirilgan.

Foto: Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi

Hozirda tadbirkor Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 99-moddasi (şaharsozlik töğrisidagi qonunçilikni buziş) tegişli bandlari asosida javobgarlikka tortilgan hamda uşbu obekt yuzasidan sud organlariga da’vo arizalari kiritilgan.

Vazirlikning «Gazeta.uz»ga ma’lum qilişiça, hududiy nazorat inspeksiyasi vaziyatni örganib çiqqan va hozirda binoning quriliş işlari töxtatilgan. «Sudga qöşimça qurilgan binoni buziş böyiça da’vo arizasi kiritildi. Bino 12+1 qavatdan iborat ekan. Buni öşa kuni örganiş olib borgan vaqtimizda aniqladik», deya ma’lumot berdi vazirlik xodimi.

  • 2023 yil fevral oyi örtalarida Toşkent şahri Yangihayot tumanida fuqarolar 10 qavatli uy tomiga uy qurib olgani aniqlangandi. Noqonuniy qurilişni 15 kunda buzib taşlaş böyiça körsatma berilgan.
  • Quriliş vazirligi ma’lumotiga köra, 2022 yilda köp kvartirali uylardagi qonunbuziliş holatlari uçun 6 mlrd sömlik jarimalar rasmiylaştirilgan.