2022 yil davomida 8213 ta köp kvartirali uylarni örganiş natijasida 11 778 ta qonunbuziliş holatlari aniqlangan. Bu haqda Kun.uzʼga Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi ma’lumot berdi.  

Ötgan yili köp kvartirali uylarda aniqlangan qonunbuziliş holatlari tarkibi quyidagiça: 

* Tutaş yer uçastkasida noqonuniy qurilmalar quriş holatlari – 5 786 ta (4101 tasi bartaraf etilgan);  

* Umumiy foydalanişdagi joylarni egallab oliş holatlari –  

4 024 ta (3639 tasi bartaraf etilgan); 

* Tösiq konstruksiyalari buzilişiga oid holatlar –  1365 ta (280 tasi bartaraf etilgan);  

* Uyning tayanç konstruksiyalari buzilişiga oid holatlar –  603 ta (125 tasi bartaraf etilgan);  

Vazirlikning ma’lum qilişiça, aniqlangan qonunbuziliş holatlari yuzasidan berilgan majburiy körsatmalarga asosan jami 6 798 tasi bartaraf etilgan.

“Qolgan qonunbuziliş holatlari böyiça Uy-joy fondi inspeksiyasi tomonidan jami 2 576 ta 6 mlrd sömlik  ma’muriy jarimalar rasmiylaştirildi”, – deyiladi rasmiy izohda.  

Ma’lumot uçun, 2023 yil 1 yanvardan boşlab ma’muriy islohotlar doirasida Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi birlaştirildi. Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi huzuridagi Köp xonadonli uy-joy fondidan foydalanişni nazorat qiliş inspeksiyasi hamda Içimlik suvidan foydalanişni nazorat qiliş inspeksiyasi, şuningdek, Quriliş vazirligi huzuridagi Quriliş sohasida nazorat inspeksiyasi negizida QUXV huzuridagi Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat inspeksiyasi taşkil etildi.

Eslatib ötamiz, Toşkent şahridagi yangi qurilgan köp qavatli uylardan birining devorlari yorilib ketgani xabar qilingan edi. Keyinçalik köp qavatli uyni qurgan va sotgan şaxslar qamoqda ekani ma’lum böldi.

Avvalroq, Yangihayot tumanida mulkdorlar köp qavatli uyning tom qismidan noqonuniy ravişda uy qurib olgani