Andijon şahri hokimi Dilmurod Rahmatullayev şahardagi ta'lim muassasalarini nojöya sözlar bilan haqoratlagani uçun javobgarlikka tortilişi mumkin.
«Andijon şahar hokimi, xalq deputatlari Andijon şahar Kengaşi raisi D.Rahmatullayev joriy yilning 16 oktabr kuni şahardagi qator ta'lim muassasalarining rahbarlarini nojöya sözlar bilan haqorat qilganligi holati yuzasidan Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan tekşiriş ötkazilmoqda.
D.Rahmatullayevning harakatlarida sud tartibida körib çiqilişi lozim bölgan ma'muriy huquqbuzarlik alomatlari bölganligini inobatga olgan holda, Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan xalq deputatlari Kengaşiga D.Rahmatullayevni javobgarlikka tortişga rozilik oliş töğrisida taqdimnoma kiritilgan», deyilgan Boş prokuratura saytida berilgan xabarda.
Ayni vaqtda mazkur taqdimnoma Kengaşi tomonidan körib çiqilmoqda.
Mavzuga oid. Yana direktorlar haqoratlandi. Bu safar Andijon
Bundan avvalroq Kun.uz manbasi Andijon viloyat prokuraturasi Dilmurod Rahmatullayev işi böyiça tergov işini boşlagani haqida ma'lum qilgandi.












