Ilk soliq yiğimi joriy etilişi tarixi miloddan avvalgi uçinçi ming yillikda qadimgi Misrda şakllangan. Bibliyaning 47-bölimida aytilişiça, Misr fir'avnlari aholini yetiştirgan hosilning beşdan bir qismini soliq sifatida tölaşga majbur qilgan.

Keyinçalik soliq amaliyoti yunon tsvilizatsiyasida ham rivoj topdi. 1799 yilda tarixiy Aleksandriya şahrining şarqiy hududidan topilgan «Rozetta yodgorligi» buning isboti böla oladi. Unda miloddan avvalgi 196 yillarda Ptolomeylar sulolasida soliq munosabatlari amalda bölgani tasvirlanadi.

Örta asrlar soliqçiligi

Örta asrlarda Yevropada meros, egalik va xarid uçun yangi soliq turlari amalga kiritila boşlanadi. Bu soliqlardan olinadigan tuşum, asosan, uruş davrlarida mudofaa uçun zarur bölgan.

Xitoy ham ilk soliq tartiblarini joriy etgan davlatlardan biri. Tan sulolasi (618-907) va Song sulolasi davrida (1127-1279) aholi röyxatga olinadi va bu asosida ularga soliq tölaş majburiyati yuklanadi.

Yiğilgan pul esa armiyaga, bundan taşqari, irrigatsiya va transport qatnovi uçun zarur bölgan kanallar qurilişiga yoki şunga öxşaş ijtimoiy loyihalarga sarflangan.

Markaziy Osiyodagi soliqlar

Miloddan oldingi birinçi ming yillikning boşlaridayoq Markaziy Osiyo hududlarida köçmançilik şaroitida, özlari uçun qulay joy izlab yurgan köplab uruğ va qabilalar yer maydonlari, suv, ötloqlarni egallaş maqsadida kuraşib kelişgan. Ayrim hollarda esa ular özlaridan kuçliroq qabilalarga yer soliği, ya'ni ölpon tölab turganlar.

Lekin fors hukmdori Doro davriga kelganda ilk bor doimiy tartibdagi soliqlar joriy qilinadi. Doro soliq tizimini faqat öz mamlakatida emas, balki egallab olgan mamlakatlariga ham joriy etadi. Eronning qadimgi Persapol şahridan topilgan uzoq ajdodlarimiz – baqtriyaliklar, xorazmliklar, söğdlar va saklar tasvirlagan rasmlarda, saklar kiyim-keçak, baqtriyaliklar tuya va idişlar, xorazmliklar dudama xanjar, jangavor bolta, bilaguzuk va otni şohga olib borayotgan manzara çizilgan. Bu ular tölayotgan soliq turlari sifatida taxmin qilinadi.