O‘zbekiston | 07:54 / 30.08.2023
5272
2 daqiqa o‘qiladi

Maktablarda dars berish uchun xorijdan 500 nafar «til egalari» olib kelinadi

Yangi tizim joriy qilinadigan maktablar ko‘payishini hisobga olib, kelgusi yilda yana 1,5 ming mutaxassis olib kelinishi ko‘zda tutilgan.

Foto: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Poytaxtda xorijiy tillarni o‘qitish uchun chet el fuqarolarini jalb etish loyihasi doirasida o‘quv-seminar tashkil etildi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, treninglar avvalida xorijiy til fanlarining ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va darsliklar hamda o‘qitish metodikasi haqida ta’kidlab o‘tildi.

O‘quv-seminari davomida O‘zbekistonning tarixiy rivojlanishi, madaniyati va ta’lim tizimi, iqtisodiy taraqqiyotda maktab ta’limining o‘rni, xorijiy mutaxassislarning o‘quvchilarda xorijiy fanlarni bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishda vazifalari hamda xorijiy til fanlarining ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va darsliklari hamda o‘qitish metodikasi kabi muhim mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

Joriy yilda O‘zbekistonga maktabda dars berish uchun xorijdan 500 nafar «til egalari» olib kelinadi. Yangi tizim joriy qilinadigan maktablar ko‘payishini hisobga olib, kelgusi yilda yana 1,5 ming mutaxassis olib kelinishi ko‘zda tutilgan.

Mavzuga oid