Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi Aziz Abduhakimov Ostona şahrida Özbekiston-Qozoğiston turistik forumi va boşqa qator tadbirlarda iştirok etdi. KUN.UZ öz yangiliklarida turizm sohasida amalga oşirilayotgan xabarlar, jumladan Qozoğiston bilan hamkorlikka doir rejalar bilan tizimli ravişda taniştirib kelmoqda.

Qozoğistonning "Xabar 24" telekanalida Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi A.A.Abduhakimov bilan keçgan intervyu taqdim etildi.

Aziz Abduhakimov: Biz "Qozoqturizm"dagi hamkasblarimiz bilan ançadan buyon hamkorlik qilib kelamiz. Sönggi bir yarim yilda esa bizning "Qozoqturizm" va Turizm sanoati qömitasi bilan aloqalarimiz yanada faollaşdi. Bu bejiz emas. Özingizga ma'lumki, bugun Özbekiston mintaqaviy qöşnilari bilan yaqinlaşiş borasida juda faol siyosat olib bormoqda. Endi esa biz özaro xabarlaşgan holda, sa'y-harakatlarimizni birlaştirib, rivojlaniş imkoniga egamiz.

Mavzuga oid: Qozoğistonda Özbekiston turizmi yilini ötkazişga doir hujjat imzolandi

Mavzuga oid: Özbekiston va Qozoğiston örtasida multiturlar yölga qöyiladi

Öylaymanki, turizm ham bu örinda eng muhim yönalişlardan biri hisoblanadi. Bunda ikki tomonlama qatnovlarni rivojlantiriş - Qozoğiston fuqarolari - Özbekistonga, Özbekiston fuqarolari esa Qozoğistonga taşrif buyurişi bilan birga, uçinçi mamlakatlardan sayyohlarni jalb qiliş ham katta ahamiyatga ega. Bu borada biz butun dunyoga maşhur kuçli brendga egamiz - Buyuk Ipak yöli. Rahbarlarimizning uçraşuvlarida ham turistik idoralardagi sa'y-harakatlarimizni birlaştiriş haqida bir neça marta aytildi. Şu munosabat bilan "Buyuk Ipak yöli" brendini hamkorlikda ilgari suriş  niyatidamiz.

Mavzuga oid: Qozoğistonning markaziy şaharlarida Özbekistonga sayohat qilişga çorlovçi bannerlar örnatilmoqda