Qaysidir bir kamçilik, kutilmagan holat yoki bir onlik ziddiyat tufayli iste'foga çiqişlar (yoki çiqarilişlar) haqida xorij xabarlarida eşitardik. Bu holat endi Özbekistonda ham kuzatila boşlandi. Oxirgi jiddiy iste'fo boş vazir örinbosari Zoyir Mirzayevning öz vazifasidan çetlatilişi böldi.

Zoyir Mirzayev

Ta'kidlaş kerak, jamiyat uyğonayotganining, ommaviy axborot vositalarining keçagidek öz qobiğiga öralib olmaganligining öziga xos ramzi böldi bu holat. Olti kişining suvga tuşirilişi va aybdorlarça boş egib turgani aks etgan surat tarqalişi bilan bu voqeaga aloqador miş-mişlar ham urçiy boşladi. Dastlab bu voqea vodiyda yuz bergani töğrisida xabarlar berildi. Keyinçalik Toşkent viloyatining Oqqörğon tumanida yuz bergani ma'lum bölgaç, oltovlonning qanday qilib suvga tuşib olişgani masalasi qalqib çiqdi va biri-biridan kulgiliroq hamda aqlbovar qilmas ma'lumotlar tarqaldi.

Olti kişining özaro bahs boylaşib, suvga tuşib olganlari töğrisidagi bema'ni fikrdan keyin tuman hokimligi rasmiylari bir kişi ortidan qolganlar ham suvga tuşganlari haqidagi gapga hammani işontirişga urinişdi va aybdorlar jazolanganini bildirişdi.

Lekin hamma bu jazo yuqoridan, ançagina yuqoridan – hududni tekşirayotgan boş vazir örinbosari Zoyir Mirzayev tomonidan berilganligi va uning özi jarayonni bevosita kuzatib turganlaridan boxabar bölib ulgurgandi.

Bölar iş böldi. Majburiy mehnatga qarşi davlat darajasida kuraş ketayotgan bir paytda hamma prezident va hukumatning bu holatga munosabatini kuta boşladi.

Natija köp kuttirmadi – Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan 29 oktabr kuni imzolangan «Barça darajadagi davlat hokimiyati organlari rahbarlarining majburiy mehnatning har qanday şakl va körinişlariga yöl qöymaslik borasidagi javobgarligini oşiriş töğrisida» farmon mazmunini keng jamoatçilik, xususan barça hududiy rahbarlar, taşkilot, idora va tuzilma boşliqlariga yetkaziş böyiça videoselektor bölib ötdi. Yiğilişda Boş vazir Abdulla Aripov Zoyir Mirzayevning işdan olinganini e'lon qilib, bu holatga munosabat bildirdi.

«Men uçun bu yomon holat. Hukumat rahbari sifatida, örinbosarimning uşbu işda tomoşabin bölişi yo iştirokçi sifatida turişi yomon. Prezident topşiriği bilan 25 oktabrda bölgan voqealar Boş prokuratura tomonidan qat'iy örganiladi»,