Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sentyabrda inflatsiya 1,24 foizni tashkil etdi
Bu so‘nggi uch yil ichida ushbu oydagi eng yuqori ko‘rsatkich, shuningdek, 2023 yil boshidan buyon eng katta o‘sishdir.
Foto: Ibrahim Erikan/Anadolu Agency
O‘zbekistonda 2023 yilning sentabr oyida inflatsiya 1,24 foizni tashkil etdi. Bu haqda Statistika agentligi hisobotida aytilgan.
Bu so‘nggi uch yil ichida ushbu oydagi eng yuqori ko‘rsatkich (2021 yil — 1,09 foiz, 2022 yil — 1,03 foiz), shuningdek, 2023 yil boshidan buyon eng katta o‘sishdir.
O‘tgan oyda oziq-ovqat mahsulotlari o‘rtacha 1,8 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 1 foizga, xizmatlar 0,6 foizga qimmatlashgan.
Yil boshidan (yanvar-sentabr) inflatsiya 5,13 foizgacha oshgan, yillik inflatsiya (o‘tgan yilning sentabr oyiga nisbatan) 9,19 foizga (8,96 foiz) tezlashgan. Yil davomida oziq-ovqat mahsulotlari o‘rtacha 11 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 7,6 foizga, xizmatlar 8,2 foizga qimmatlashgan.
Shuningdek, o‘tgan bir oy ichida qator hududlarda uy-joy ijarasi to‘lovlari oshdi (respublika o‘rtacha 2,4 foizga).
Sentabr oyida umumiy ovqatlanish xizmatlari narxi to‘qqizta viloyatda o‘rtacha 0,1 foizdan 2,5 foizga (avgust oyida 0,3 foizdan 5,3 foizgacha) qimmatlashdi.
Bir qator hududlarda palov indeksi o‘zgardi. Bir porsiya palov narxi Buxoro viloyatida 11,9 foizga — 28,2 ming so‘mgacha, Samarqand viloyatida — 7,3 foizga (27 ming so‘m) oshdi. Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida ham taom qimmatlashgan (2 foiz va 1,6 foiz).
Mavzuga oid
15:46
O‘zbekistonda ko‘p bolali uy xo‘jaliklari ulushi keskin ko‘tarildi
13:39
Hududlar kesimida elektr uskunalar ishlab chiqarish: Toshkent shahri birinchi o‘rinda
10:42
2025 yilda huquq va buxgalterlik xizmatlari 4,6 trln so‘mga yetdi
17:40 / 15.01.2026