3–10-sentabr kunlari Janubiy Koreyada ötkazilgan «III Xalqaro merganlar musobaqasi»da Özbekiston jamoasi faxrli 1-örinni egalladi, deya xabar berdi Mudofaa vazirligi axborot xizmati.

Musobaqada 8 ta davlatdan jami 28 ta jamoa iştirok etgan. Iştirokçilar kunduzi va tunda şahar, toğ va örmon şaroitlarida murakkab taktik maşqlarni bajarişdi. Nişonlarning 40 foizini harakatlanuvçi va havodagi dronlar taşkil etdi.

Eʼtiborlisi, joriy yilda ötgan yilda bajarilgan maşqlarning birortasi takrorlanmagan. Har bir maşq şarti boşlanmagunga qadar oşkor qilinmagan. Özbekiston Mudofaa vazirligi turnirda 3 ta jamoa bilan iştirok etib, yakunda 1-örinni qölga kiritdi. Ikkinçi örin Vetnam, uçinçi poğona esa Turkiya merganlariga nasib etdi.

Maʼlumot uçun, Özbekiston jamoasi uşbu musobaqada 2024-yilda 2-örinni, 2025-yilda esa çempionlikni qölga kiritgandi.


















