Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Nima uchun o‘qituvchilarni himoya qilmadingiz?». Abdulla Aripov vazirni tanqid qildi
Ulug‘bek Inoyatov / Foto: Xalqaro press-klub
Bugun, 17 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir Abdulla Aripov rahbarligida «Hududlarda dala va tozalash-obodonlashtirish ishlariga tibbiyot va ta'lim muassasalari xodimlari, talabalar va ijtimoiy soha vakillarini jalb qilishni taqiqlash va ushbu holatlarga yo‘l qo‘ygan barcha darajadagi hokimlar va rahbarlarning shaxsiy mas'uliyat va javobgarligini oshirishga qaratilgan choralarni belgilash» masalasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Bosh vazir bugungi kunda o‘qituvchi va shifokorlarning majburiy mehnatga jalb etilishi odatiy holga aylanib qolgani haqida gapirgan.
«Xalq ta'limi vaziri, janob, Inoyatov Ulug‘bek Ilyosovich. Nega shu kungacha aniq bir chora ko‘rilmagan, yoki taklif kiritilmagan. Ish beruvchi sifatida ham nima uchun bironta o‘qituvchining manfaatini himoya qilib chiqmagansiz?
Ta'lim-tarbiya mazmunini, uning sifatini qachon yaxshilaysiz. Agar o‘qituvchilaringiz shu tarzda majburiy mehnatga jalb etilishi davom etsa, qachon ta'lim sifatini oshirishga erishishimiz mumkin bo‘ladi?», deya Abdulla Aripovning so‘zlarini keltirgan «Kun.uz» manbasi.
Xalq ta'limi vaziri o‘zini oqlamoqchi bo‘ldi va tanqidga uchradi
Mavzuga oid
17:52 / 13.01.2026
Buvaydada buyruqni bajargani uchun ishdan olingan maktab direktori lavozimiga tiklandi
09:10 / 11.01.2026
Navbatchi ustozlarga ish haqi va Boysunda neft buloqlari - hafta dayjesti
17:27 / 09.01.2026
Respublika bo‘yicha navbatchilikka chiqqan o‘qituvchilarga qo‘shimcha haq to‘lanadi – manba
16:35 / 05.01.2026