Bir haftaça oldin Toşkentda IIB xodimlari surxondaryolik 21 yoşli yigitni giyohvand modda iste’mol qilişda gumon qilib qölga olgan. Yaqinlarining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, qölga olingan Hafizulloh Turğunboyev Çilonzor tuman içki işlar bölimida tergov qilingan.
“Bir haftaça oldin IIB xodimlari qönğiroq qilib, Hafizulloh qölga olinib, Çilonzor tumani içki işlar bölimiga olib kelinganini ma’lum qildi. Tergovçining aytişiça, u söroq paytida hojatxonaga çiqib kelişni söragan va qoçmoqçi bölib, 4-qavatda joylaşgan hojatxonaning oynasidan özini taşlab yuborgan. Natijada uning oyoği singan va Uçtepa tumani tez-tibbiy yordam bölimiga olib borişgan”, – dedi marhumning yaqini.
Murojaatçining aytişiça, Turğunboyevning oilaviy şaroiti yaxşi bölmagan va u bir neça yil davomida uydan uzoqda – Toşkentda yaşab, yaqinlari bilan deyarli aloqa qilmagan. Şu sababli, qölga olinganidan keyin oldiga keladiganlar ham topilmagan. Çilonzor tuman IIB tergovçisi bugun, 29 may kuni yigitning yaqinlariga telefon qilib, uning vafot etganini aytgan.
“Tergovçi ertalab Hafizullohning Surxondaryodagi yaqinlariga telefon qilgan. “4-qavatdan tuşib ketgaç, 5-6 kun davomida komada yotdi, bugun ertalab, öziga kelmasdan vafot etdi”, dedi. Şundan keyin ertalab Çilonzor tuman IIBga bordim, u yerdagilar Uçtepa tuman tez yordam bölimiga borişni aytdi.
Şifoxonada men bilan gaplaşgan ayolning aytişiça, Hafizulloh tanasining birorta ham qismi – na oyoği va na qovurğasi singan bölgan, balki faqatgina yuzi va boş qismida jarohat izlari bölgan. Nahotki 4-qavatdan tuşib ketgan insonni hattoki qöli ham sinmasa. Bundan taşqari, IIB xodimlari uning oyoği singanini aytgandi.
Hafizullohning gavdasi ham kattagina edi, u qanday qilib hojatxona oynasidan siğib ketişi mumkinligiga ham hayronman. Boz ustiga hojatxona içki işlar binosida bölsa. Şifokorlardan qandaydir şubhangiz bormi, desam, fikrimni faqat sudda aytaman, deyişdi”, deydi marhumning yaqini.
Uning sözlariga köra, marhumning salomatligida (boş miyasi bilan boğliq) muammosi bölgan.
Kun.uz bilan gaplaşgan Toşkent şahar IIBB matbuot xizmati vakili bu iş ayni vaqtda prokuratura tomonidan örganilayotganini va boşqa izoh berolmasligini bildirdi.
Çilonzor tuman IIB binosida joylaşgan hojatxona oynasini köriş haqida sörovga javoban, bu tergov siri ekani, agar prokuratura ruxsat bersa, köriş mumkinligi aytildi.












